Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


O'shanda Nilufarni o'ragan narsa (Allohning fayzi) o'rab olgan edi



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə614/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   610   611   612   613   614   615   616   617   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
16. O'shanda Nilufarni o'ragan narsa (Allohning fayzi) o'rab olgan edi.
 
17. (Payg'ambarning) ko'zi (chetga) og'gani ham yo'q, o'z haddidan oshgani ham yo'q.
 
18. Darhaqiqat, u (o'sha soatda) Parvardigorining buyuk alomatlarini ko'rdi.
 
19. (Ey, mushriklar,) ko'rdingizmi (sanamlaringiz) - "Lot, "Uzzo"ni 
 
20. va yana uchinchilari bo'lmish "Manot"ni? 
 
21. Erkak (jinsi) sizlarniki-yu, ayol (jinsi) U zotnikimi?! 
Izoh: Ya'ni Alloh taolo mushriklarning so'zlaridan olib o'zlariga raddiya qilmoqda. Darhaqiqat, ularning 
buzuq e'tiqodi bo'yicha mabodo Alloh farzand tutmoqchi bo'lganda edi, qizlarni emas o'g'il farzand tutgan 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
365
bo'lmasmidi?! Buni xayolga ham keltirib bo'lmaydi. Zero, Allohning xoh farzand, xoh boshqa narsaga ehtiyoji 
bor deb hisoblash shirkdir.  
22. U holda bu adolatsiz taqsim-ku?! 
 
23. U (nom)lar faqat sizlar o'zlaringiz va ota-bobolaringiz qo'yib olgan nomlardir. Alloh ular 
(ma'budaligi) haqida biror hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga Parvardigorlari tomonidan hidoyat 
(Qur'on) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashmoqdalar.
 
24. Yoki insonga orzu qilgan narsasi bo'laverdimi?! 
 
25. Bas, oxirat ham, dunyo ham yolg'iz Allohnikidir.
 
26. Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo'lib, o'shalarning shafoatlari ham - Alloh O'zi 
xohlagan va rozi bo'lgan kishilarga (shafoatga) izn bermagunicha - foyda bermas.
27.Darvoqe, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar farishtalarni ayol nomi bilan ataydilar.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   610   611   612   613   614   615   616   617   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin