www.ziyouz.com кутубхонаси
38
49. Shuningdek, uni Isroil avlodiga payg'ambar (qilib yuboradi va u aytadi): "Men sizlarga Rabbingiz huzuridan (payg'ambarligimga dalolat qiluvchi) mo''jiza bilan keldim; men sizlarga loydan qush shaklini yasab, unga dam ursam, u Allohning izni bilan (rostakam) qush bo'ladi. Ko'r va pesni tuzataman. Allohning izni bilan o'liklarni tiriltiraman hamda sizlarning yeyayotgan va zaxirada saqlayotgan narsalaringizni aytib beraman. Agar mo'min bo'lsangizlar, albatta, bu ishlarda sizlar uchun alomat bordir. 50. (Men) o'zimdan oldingi (nozil etilgan) Tavrotni tasdiqlash va sizlar uchun harom qilingan ayrim narsalarni halol qilib berish uchun keldim. Yana, sizlarga Rabbingizdan hujjat keltirdim. Shunday ekan, Allohdan qo'rqingiz va menga itoat qilingiz! 51. Darhaqiqat, Alloh mening Rabbim va sizning ham Rabbingizdir. Unga ibodat qilingiz! To'g'ri yo'l shudir. " 52. Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi: "Alloh sari (borishimda) menga yordamchilar kim?" Havoriylar aytdilar: "Biz Alloh (dinining) yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va Allohga (bo'yin sunuvchi) musulmon ekanimizga guvoh bo'lgin (ey, Iso!) 53. Ey, Rabbimiz, nozil qilgan narsangga imon keltirdik va Payg'ambarga ergashdik. Shunday ekan, bizni shahodat keltiruvchilar bilan birga (qo'shib) yozgin!" 54. Ular (yahudiy kofirlari Isoning qatli borasida) makr qildilar. Alloh ham "makr" qildi. Alloh makkorlarning yaxshisidir. Izoh:Allohning "makri" bu yerda ularning makri muqobiliga beradigan jazosidir. Zero, Allohni makkor deb sifatlash joiz bo'lmagan bo'lur edi. 55. Alloh aytdi: "Ey, Iso! Men seni vafot ettiruvchi*, huzurimga ko'taruvchi, inkor etganlardan seni