ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. (Uni) mendan qabul et! Albatta, Sen eshituvchi va bilimdon zotdirsan", - deb duo qildi. 36. Ko'zi yorigach, dedi: "Ey, Rabbim, men qiz tug'dim", - vaholanki, Alloh uning nima tuqqanini yaxshiroq bilardi. Axir, (u kutgan) o'g'il bu qizdek (xislatli) bo'lmasdi. - "Men unga Maryam deb ism qo'ydim va unga hamda zurriyotiga quvg'in etilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
37
Sendan so'rayman". 37. Bas, Parvardigori uni (Maryamni nazrlikka) husni qabul etib, yaxshi parvarish qildi va Zakariyo qaramog'iga topshirdi. Har gal Zakariyo (Maryamning) oldiga - mehrobga kirganida, oldida rizq (muhayyo) turganini ko'rar edi. U: "Ey, Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?" - deb so'rasa, (Maryam): "Bular Alloh huzuridan. Albatta, Alloh O'zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur", - deb javob berar edi. 38. O'sha joyda Zakariyo Rabbiga iltijo qildi: "Rabbim, menga (ham) o'z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan". 39. So'ngra, mehrobda turib namoz o'qiyotganida, farishtalar unga nido qildilar: "Alloh senga Yahyo (ismli farzand) xushxabarini berur va u Allohning so'zini tasdiq etadigan, (o'z qavmiga) peshvo bo'lib, (shahvatlardan) o'zini tiyadigan solih payg'ambarlardan (bo'lur)". 40. (U dedi): "Rabbim, o'zim keksaygan, xotinim esa tug'mas bo'lsa, menga o'g'il qayoqdan bo'lsin?" (Alloh) dedi: "Shunday, (lekin) Alloh xohlagan ishini qilur". 41. (U) dedi: "Rabbim, menga (homiladan darak beruvchi) biror belgi bergin". (Alloh) aytdi: "Senga