yo'lga yo'lladik. 4. Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alanga (do'zax)ni tayyorlab qo'yganmiz. 5. Albatta, yaxshilar (jannatda) mizoji kofur bo'lmish qadahdan (may) ichurlar. 6. Allohning bandalari ichadigan (bu) chashmani (o'zlari xohlagan joydan) chiqarib (oqizib) olurlar. 7. Ular (dunyoda o'z zimmalariga olgan) nazrlarini ado qilurlar va yomonligi (dahshatlari) keng yoyiluvchi Kundan qo'rqurlar. 8. Taomni esa suyub tursalar-da, (o'zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni yedirurlar. 9. (Ular ayturlar): "Bizlar sizlarni faqat Alloh "yuzi" uchun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ish uchun) biror mukofot va minnatdorchilik kutmasmiz. 10. Bizlar Rabbimiz (tomoni)dan bo'ladigan, (azobdan yuzlar) tirishib, burishib qoluvchi bir Kundan qo'rqurmiz". 11. Bas, Alloh ularni o'sha Kunning yomonligidan saqlar va ular(ning yuzlari)ga tarovat, (dillariga) surur baxsh etar. 12. Yana sabrlari sababli ularni jannat va (egnilariga) ipak (liboslar) bilan mukofotlar. 13. Ular u joyda so'rilarga yastangan hollarida o'tirurlar. U joyda quyosh (harorati)ni ham, zamharir (qish sovug'i)ni ham ko'rmaslar. 14. (Jannat) soyalari ularga yaqin va mevalari ham (uzishga oson bo'lishi uchun) egib qo'yilgan bo'lur. 15. Ularga kumush idishlar(da taomlar) va (o'zi kumushdan yasalgan bo'lsa-da, nafislikda) shisha bo'lib ketgan qadahlar(da sharoblar) aylantirilur. 16. Shisha bo'lganda ham kumushdan, (ularni soqiylar) o'lchab qo'yganlar. 17. (Jannat ahli) u joyda mizoji zanjabil bo'lmish qadahlarda ichirilurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur