Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
421
QIYOMAT SURASI
Surada qiyomat kuni bo'ladigan hodisotlar,
qayta tirilishning haqligi, hisob-kitob, jazo
va mukofotlar,
dunyoparastlikning tanqidi, oxiratda Alloh o'zi tanlagan solih bandalariga diydorini ko'rsatishi, shirku kufrda
o'tganlarning yuzlari qaro bo'lishi, o'lim achchig'i va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qiyomat kuniga qasamyod eturman.
2. Shuningdek, malomatchi nafsga qasamyod eturmanki, (qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)!
3. Inson uning (chirib ketgan) suyaklarini sira to'play (tiklay) olmasligimizni Bizdan gumon qilurmi?!
4. Yo'q, Biz uning barmoqlarini (ham tiklab) tekislab qo'yishga qodirmiz!
5. Balki, inson kelgusida fujur (gunoh ishlarni) qilishni istaydi.
6. "Qiyomat kuni qachon o'zi?" - deb so'raydi.
7. Bas, (Qiyomat dahshatlaridan) ko'z qamashganda,
8. oy ham tutilganda,
9. quyosh va oy birlashtirilganda,
10. ana o'sha Kunda inson: "(Jazodan) qochadigan joy qayerda?" - deb qolur!
11. Yo'q! Boshpana yo'qdir!
12. U Kunda yolg'iz Rabbing (huzurida) qaror topishgina bordir.
13. U Kunda insonga (dunyodalik choqida) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarning xabari
berilur.
14. Balki, (U Kunda) inson (a'zolari) o'zining zarariga guvohlik beruvchidir.
15. Garchi (u) uzrlarini (o'rtaga) tashlasa ham.
Dostları ilə paylaş: