22. haddan oshganlar uchun qaytish joyidir. 23. (Ular) u joyda uzoq zamonlar (abadul-abad) qoluvchidirlar. 24. U joyda sovuqlik va ichimlikni totmaslar 25. Faqat qaynoq suv va yiringnigina (toturlar). 26. (Mana shu qilmishlariga) loyiq jazodir. 27. Chunki, ular (Qiyomatdagi) hisob-kitobdan umid qilmas edilar. 28. Oyatlarimizni butunlay inkor etar edilar. 29. Holbuki, Biz barcha narsani hisob-kitob qilib, (yozib) qo'ygandirmiz. 30. Bas, (ey, kofirlar, azobimizni) totib ko'ringlar! Endi sizlarga faqat azobnigina ziyoda qilurmiz. 31. Albatta, taqvodor zotlar uchun (jannatda) yutuq bordir. 32. Ya'ni bog’lar va uzumlar, 33. (yosh va husnda) tengqur, bo'liq siynali (hur qiz)lar 34. va (sharob) to'la qadahlar bordir. 35. Ular u joyda biror behuda va yolg’on so'z eshitmaslar. 36. (Bu) Rabbingiz (tomoni)dan bo'lmish mukofot va hisob(-kitob)dir. 37. (U) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsaning Parvardigori Mehribon zotdir. Undan (izn bo'lmaguncha) so'zlashuvga ega bo'lmaslar. 38. Ruh (Jabroil) va (barcha) farishtalar saf tortib turadigan Kunda (odamlar) gapirmaslar, faqat Mehribon zot izn bergan kishigina (so'zlar) va (faqat) rost so'zlar. 39. Bu haq (va rost) Kundir. Bas, kim xohlasa, Parvardigori tomon qaytadigan yo'lni tutar. 40. (Ey, Makka kofirlari,) darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe bo'ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o'zi qilib o'tgan narsani (ya'ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko'rar va kofir