Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
430
NOZIOT SURASI
Noziot – sug’uruvchilar. Bu yerda tanadan jonni sug‘urib oluvchi farishtalar muroddir. Surada qiyomat qoyim
bo'lish
jarayoni, Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasida o'tgan mojarolar, bu dunyoning
foniy ekani kabi ilohiy
o'gitlar bilan birga Payg’ambar (a. s.)ning dillariga tasalli berilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Kofirlarning jonlarini badanlari) qa'ridan sug’urib oladigan (farishta)larga qasam,
2. (mo'minlarning jonlarini osonlik bilan) chiqarib oladigan (farishta)larga qasam,
3. (osmondan) suzib tushuvchi,
4. (o'z vazifalarini ado etishda) o'zib yuruvchi
5. (Alloh buyurgan barcha) ish tadbirini tuzib turuvchi (farishta)larga qasamki, (albatta, qayta tirilib,
hisobot berursizlar)!
6. U Kunda larzaga keluvchi (sur) larzaga keladi.
7. Ortidan ergashuvchi (ikkinchi bor sur ovozi) ergashur.
8. U Kunda dillar qo'rquvga tushuvchidir.
9. Ko'zlar esa (dahshatdan) so'nib qoluvchidir.
10. Ular (bu dunyoda) derlar: "Haqiqatan ham bizlar (o'lgach) avvalgi holatimizga qaytariluvchimizmi?
Dostları ilə paylaş: