Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
42
98. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Alloh qilayotgan kirdikorlaringizga guvoh bo'laturib, nega Allohning
oyatlarini inkor etasiz?"
99. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Nega imon keltirganlarni Alloh yo'lidan to'sasiz va o'zingiz guvoh bo'la
turib, uni (yo'lni) qing'irlashtirishga intilasiz? Qilayotgan ishlaringizdan Alloh g'ofil emas-ku!"
100. Ey, imon keltirganlar! Agar Kitob berilganlarning biror guruhiga bo'yin sunsangiz, imon
keltirganingizdan keyin sizlarni (yana) kofirlikka qaytaradilar.
Izoh:Shos ibn Qays ismli bir yahudiy Madinadagi Avs va Xazraj qabilalaridan imon keltirgan bir guruh
musulmonlar yonidan o'ta turib bir yigitga: "Ularga oldingi o'rtalarida o'tgan qabila jangini bir eslatib qo'y", -
deydi. U eslatgandan so'ng ikki qabila kishilari bir-birlari bilan janjallashib, hatto qilich yalang'ochlashgacha
boradilar. Bu xabar Rasulullohga yetgach, ul zot: "Men hali oralaringda turib, sizlar yana johiliyat davriga
qaytmoqchimisizlar?!" - deb tanbeh beradilar. Shundan keyin ular shayton yo'lidan qaytib, yana yarashib
oladilar.
Dostları ilə paylaş: