berilmasin yoki Parvardigoringiz huzurida sizlar bilan hujjatlashib yurmasin". Ayting: "Albatta, fazl Allohning "qo'li"dadir. Uni xohlagan kishilariga berur. Alloh fazli keng, bilimdon zotdir. 74. Rahmatini (payg'ambarlik yoki Islomni) O'zi xohlagan kishiga beradi. Alloh buyuk fazl egasidir. 75. Ahli kitoblar orasida shundayi (ham) borki, unga katta miqdordagi pulni omonat bersang, senga (xiyonatsiz yana) qaytaradi. Lekin, shundayi (ham) borki, unga bir dinor (pul)ni omonat bersang, to ustida qattiq turib olmaguninggacha, senga qaytarib bermaydi. Buning sababi: "Omiylar (arab musulmonlar)ga bizga (darajamizga yetishga)cha yo'l bo'lsin", - deyishlaridir. Ular bila turib, Alloh haqida yolg'on gapiradilar. Izoh:Bu oyat omonatga xiyonat qilmaydigan, keyinroq Islomga kirgan yahudiy Abdulloh ibn Salom hamda xiyonatkor Fanhos ibn Ozuro haqida nozil bo'lgan. 76. Aslida esa kim (Alloh) ahdiga vafo qilsa va taqvoli bo'lsa, albatta, Alloh taqvodorlarni sevadi. 77. Allohga bergan ahdlari va qasamlarini ozgina bahoga almashtiradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo'qdir. (Qiyomat kunida) Alloh ularga gapirmaydi, (rahmat nazari bilan) boqmaydi va ularni oqlamaydi ham. Ular uchun alamli azob bordir. 78. Ular (Ahli kitoblar)ning yana bir guruhi sizlar Kitobdan (Tavrotdan) bo'lmagan narsani Kitobdan deb o'ylashlaringiz uchun Kitobni tillarini burab (o'zgartirib) o'qiydilar hamda uni "Alloh huzuridan" deydilar. Aslida esa u - Alloh huzuridan emas. Ular bila turib, Alloh nomidan yolg'on so'zlaydilar. 79. Hech bir insonga Alloh Kitob, Hikmat va payg'ambarlik berganidan keyin uning odamlarga: "Allohni qo'yib, menga banda bo'linglar!" - deyishi mumkin emas, balki ularga "Kitobdan ta'lim