Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Albatta, Allohning tavba qabul qilishi faqat yomonlik (gunoh)ni bilmasdan qilib qo'yib, so'ngra tezlik



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

17. Albatta, Allohning tavba qabul qilishi faqat yomonlik (gunoh)ni bilmasdan qilib qo'yib, so'ngra tezlik 
bilan tavba qilganlar uchun (muqarrar)dir. Alloh aynan o'shalarning tavbasini qabul qilur. Alloh bilim 
va hikmat egasidir.
 
18. Gunoh ishlarni qilib yurib, qachonki, birortalariga o'lim kelganda, "Endi tavba qildim" deydigan, 
shuningdek, kofirligicha o'lib ketadiganlarning tavbalari esa qabul qilinmagay. Ana o'shalar uchun 
alamli azob tayyorlab qo'yganmiz.
 
19. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga xotinlarni majburiy ravishda meros qilib olishlik halol emasdir. 
Yana, ularga bergan mahrlaringizning bir qismini qaytarib olib ketish niyatida xotinlaringizga tazyiq 
qilmangiz! Agar ular aniq buzuqlik qilsalar (bu mustasnodir). Ular bilan totuv turmush kechiringlar. 
Agar ularni yomon ko'rsalaringiz, (bilib qo'yinki,) balkim sizlar yomon ko'rgan narsada Alloh (sizlar 
uchun) ko'pgina yaxshilik paydo qilar.  
20. Agar bir xotinni (qo'yib), o'rniga boshqa xotinni almashtirmoqchi bo'lsangizlar, avvalgisiga garchi 
uyum-uyum molni (mahr qilib) bergan bo'lsangiz ham, undan biror narsani qaytarib olmangiz. Uni 
bo'hton va ochiq gunoh bilan olasizmi?! 
 
21. Axir, bir-biringiz bilan qovushib, u (xotin)lar sizlardan qat'iy ahd olganlaridan so'ng qanday qilib u 
(mahr)ni (qaytarib) olasizlar?! 
 
22. Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang. Magar ilgari o'tgan bo'lsa (ular kechiriladi). 
Albatta, bu qabih, jirkanch va yomon yo'ldir.
 
23. Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayollar) - bu onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, 
ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan 
"ona"laringiz, emishgan "opa-singil"laringiz, qaynonalaringiz, jinsiy yaqinlikda bo'lgan 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin