www.ziyouz.com kutubxonasi
117
Dunyo va oxiratning biz bilgan-bilmagan har turli xayrlariga– ramazon oyining hurmati
uchun, qadr kechasi hurmati uchun, muborak iyd bayrami hurmati uchun erishtirsin!
Dunyoviy va uxroviy biz bilgan-bilmagan har turli yomonliklardan bizlarni doim hifzu
himoyasida asrasin!
Imoni komil ila oxiratga ko’chib, huzuri izzatiga O’zi sevgan va rozi bo’lgan bir banda
o’laroq borishni barchamizga nasib aylasin!
Bihurmati asma’ihil husna’ va habi’bihil mujtaba’ Muhammadanil mustafo sallallohu
alayhi vasallam...
20 iyun 1985 / 1 Shavvol 1405 MUBORAK UCH OYLAR VA MUBORAK KECHALAR A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin! Amma ba’d.
Aziz va muhtaram birodarlarim!
Alloh taolo barchamizdan rozi bo’lsin. Barchangizni ikki dunyo saodatiga erishtirib, ikki
jahonda aziz qilsin... Ulug’ iltifotlar ko’rsatib, jannatiyu jamoliga yetkazsin...
Yilning bahor, yoz, kuz, qish kabi to’rt fasli bo’lganidek, ma’naviy tomondan ham
diqqatni jalb etadigan ikki muhim mavsum bor. Bu mavsumlardan biri – zulqa’da,
zulhijja va muharram oylari. Bu – insonlar haj qilish uchun harakatga kirgan mavsum.
Allohning amrini ado etish, tengsiz moddiy va ma’naviy manfaatlar hosil qilish, ko’plab
ibratli, hikmatli tajribalarga erishish, ma’naviy hollarni mushohada etish uchun uzog’u
yaqindan insonlar, oshiqlar, fidokorlar yo’lga chiqadilar, «Labbayka Allohumma
labbayk», – deb, Alloh amr etgan haj vazifalarini ado etish uchun ko’z yoshlari bilan
tog’lardan oshib, vodiylarni kezib, dengizlardan, havodan, quruqlikdan u yerga yetadilar
va buyuk savoblarga erishadilar.
Alloh taolo hazratlari: