Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
qiymatliroqdir».
Ramazondan boshqa vaqt tura olmaymiz. Chunki kech yotamiz, to’yib uxlay olmaymiz.
Shuning uchun hatto bomdod namoziga ham turolmaymiz, ba’zi
vaqtlar turishimiz juda
ham qiyin bo’ladi. Mana, sizga oddiy xalqning, avomning umumiy holati. Ammo bizning
dinimiz shunday go’zalki, shirinliklar, lazzatli taomlar
bahonasida avomning ham
havasini uyg’otib, ramazon oyida tahajjudga uyg’otadi. Bu fazilatli oyda yarim kechasi
yosh ham, qari ham, kuchli ham, kuchsiz ham og’rinmasdan, uflamasdan,
mamnuniyat
bilan uyqudan turadi. Shu bois Hazrati Umar roziyallohu anhu «Har narsaning har
qanday holati, kunduzidagi ro’zasi ham, kechadagi namozi ham xayrli bo’lgan, ey
muborak oy, xush kelding!» – degan ekanlar.
Alloh taolo hadisi Qudsiyda marhamat qiladi:
«Ro’za – meniki, uni men o’zim qabul qilaman. Uning mukofotini ham hisoblab
bo’lmaydigan shaklda men o’zim beraman». Chunki ro’za bu – yashirin ibodat. Namozga
o’xshagan emas».
Namoz o’qib turganingda hamma ko’rishi mumkin. Ammo ro’za unday emas.
Ramazonda hamma ro’zador, deb taxmin qilinadi-yu, ammo
ramazondan boshqa vaqtda
insonning ro’zador yoki ro’zador emasligi bilinmaydi.
«Marhamat, keling!» deysiz.
«Rahmat, yemayman!» – deydi.
«Marhamat, dasturxonimizga»
«Rahmat, ammo yeyaolmayman» – deydi.
Shunda siz: «Ro’zadormisiz?» – deb so’raysiz.
Ibodatning pinhonasi maqbul bo’lganidan va ro’za nafsning ustidan hokimlikni
kuchaytirganidan bu davrda inson nafsiga hokim bo’ladi, irodasini quvvatlantiradi.
Siz bir do’xtirlardan so’rab ko’ring, ochlikning juda katta tibbiy foydasi bor. Mana,
Burdurda shakar fabrikasi bor. Ma’lum kampaniya bitganidan keyin fabrika to’xtatiladi va
butun jihozlar qaytadan tekshiriladi, toza qilinadi. Ya’ni keyingi kampaniyaga
tayyorgarlik ko’riladi.
Agar shunday qilinmasa, keyingi yil uchun shakar ishlab chiqara
olmaydi. Chunki butun jihozlar ishdan chiqib qolishi mumkin. Inson vujudi ham xuddi
shundaydir. Me’damiz bir oy dam oladi. Parhez bezi ham, butun ichki a’zolar
ham dam
oladi.
Alloh taolo hammamizni g’aflat uyqusidan uyg’otsin, orifu ogoh qullaridan qilsin... Har
bir kunimizni rizosiga uyg’un o’tkazishimizni nasibi ro’zi aylasin. Tafviqini rafiq qilsin, xos
qullaridan qilsin... Husni xotimalar bilan oxiratga borishimizni nasib aylasin. Jannati va
jamoli bilan barchamizni xushnud etsin.
Bihurmati asrori suratil fotiha!..
4 fevral 1995/ 4 Ramazon 1415
Dostları ilə paylaş: