www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Ramazonda kuniga 20 rak’at tarovih namozini o’qiymiz. Yetmishni yigirmaga
ko’paytirsak 1400 rakat namoz o’qigandek bo’lamiz. Sadaqa bersak ham, tasbeh
o’girsak ham yetmish marta ko’p savob olamiz.
Shuning uchun ham ba’zi oqil kishilar bu narsaning sirini ustozlaridan, buyuklaridan
o’rganganlari bois, zakotlarini ramazon oyida beradilar. Zakot uchun bir nechta shartlar
mavjud. Shulardan biri zakotga yetadigan mablag’ qo’lga tushgandan keyin bir yil shu
holatida turishidir! Masalan, hozir siz nisobga yetarli mablag’ga ega bo’ldingiz, bundan
shu zahotiyoq zakot berish mumkin emas. Bir yil o’tishi kerak. Ammo ba’zilar o’sha
miqdorni oldinroq ayirib, ramazonda beradilar.
Chunki ramazonda qilingan har bir ezgu ishga yetmish marta ko’p savob beriladi.
Abu Husaymadan shunday rivoyat qilinadi:
Ya’ni, «Katta gunohlar qilinmagan bo’lsa, ramazon bilan ramazon, haj bilan haj, jum’a
bilan jum’a, namoz bilan namoz orasidagi gunohlarga kafforat bo’ladi».
Ramazonni yaxshi o’tkazsak, o’tgan ramazondan bunisigacha qilgan gunohlarimiz va
qusurlarimizni Alloh kechiradi. Jum’a namozini ham maromiga yetkazib o’qigan
vaqtimizda, oldingi jum’a bilan bunisi orasidagi gunohlar o’chiriladi. Albatta, uning ba’zi
shartlari bor. Masalan, yaxshilab g’usl qilib, tahoratni yangilab, jum’aga kamoli hurmat
bilan e’tibor bersa... Bir namoz oldingisi bilan orasidagi gunohlarni o’chiradi.
Hazrati Umar roziyallohu anhu ramazon oyi kelishi bilan aytar ekanlar:
«Xush kelding, ey yaxshiliklarga to’la oy, kunduzlari ro’zaga, tunlari esa namozga boy
bo’lgan oy!».
Men yuqorida kechki namoz deb aytganimda, tarovih namozini nazarda tutdim. Ammo,
ba’zi oshiqu sodiqlar tarovih namozi o’qigandan keyin uylariga borib, tahoratlari bor,
yana bir ozgina namoz o’qiydilar. Ularning bu go’zal amallarini Alloh qabul qilsin!
Yoki bo’lmasam, kunduzi ish bilan band bo’lganligidan tarovih namozidan keyin biroz
charchaydilar. Hozir qish bo’lganligidan kunduzi ham qisqa, soat 800-da hamma ish
tugaydi. Ko’chaga chiqay desa, odamlar vaqtlarini yana behuda ishlar bilan
o’tkazmoqdalar. Kel, dam olay, deb uxlaydi va erta tongda saharxo’rlikka turadilar.
Shunda tahorat olib, ikki rakat tahajjud namozini o’qiydilar! Chunki bu namoz
Payg’ambarimizga Qur’oni karimda tavsiya etilgan bir namoz.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.