Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
33
Bu nima degani? 
«Falonchi qulim och qolgan edi. Sen uni to’ydirganingda meni to’ydirgan bo’lar eding» – 
degan hadisi shariflar bor. Alloh taolo qullarining bir-birlariga mehru muruvvatli
marhamatli bo’lishlarini yaxshi ko’radi va rozi bo’ladi. 
«Sizga zulm qilganni hech kechirdingizmi?» Kechirimlilik insonga juda katta mukofotlar 
keltiradi. Bu fazilat ham oyati karimada madh qilinmoqda: 
«G’azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf 
etadigan kishilardir».
Bu – taqvo ahlining sifati. Hozir biz ramazonda taqvoni 
o’rganyapmiz, bir oylik taqvo kursida ta’lim olyapmiz. 
«Taqvoli kishilar bo’lishingiz uchun»,
deb buyurilmoqda. Xo’p, taqvo ahlining sifati 
nimalardan iborat ekan? 
«(U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarida infoq-ehson qiladigan, 
g’azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf 
etadigan kishilardir»
, jo’marddir – faqirlar uchun omborining, qopining og’zini ochadi 
(val ka’zimi’nal g’ayz). «G’azabi kelsa, o’ziga hokim bo’lib, g’azabini yutadi (val a’fi’na 
anin-na’s). Insonlarni esa kechiradi». Mutasavvif Yunus Emro buni she’riy yo’lda chiroyli 
qilib bayon etgan: 
Yaratilganni xush ko’r, 
Yaratuvchi tufayli.
Insonlar xom sut emgan, vafosiz, qusurli, yaxshilikni unutuvchi bo’lsalar ham, ularni 
Alloh uchun yaxshi ko’rgin. Nima ham qilardik boshqa? 
Zulm qilganni kechirasan, shundagina jarohatlar bitadi, jamoalar go’zallashadi, yomonlar 
qilgan ishlaridan pushaymon bo’ladi. Ishlar shundagina tuzaladi. Aks holda jamiyatda 
ishning to’g’ri ketishi qiyin. 
«Siz bilan aloqasini uzgan kishining huzuriga siz bordingizmi?» Esidan ko’tarilib ketibdi, 
sizni hech so’ramaydi, hol-ahvolingizdan xabar ham olmaydi, aloqani kesibdi, siz esa 
hech oldiga bordingizmi? Bu juda ham ahamiyatli. 
Ustozimiz Muhammad Zohid Qo’tqu hazratlari bir shaharga kelganda: 
«Falonchini ziyorat qilgani boramiz!» – deb qoldilar. Ziyoratiga boradigan odamimiz 
o’zlaridan yosh, o’zlarining muridlari va o’zlari haqida yomon gapirgan bir kimsa edi. 
Ig’vogarlik qilgan, odobsizlik qilgan, birovlar haqida gapiradigan bir kimsa... Shunda 
men ustozning oldilariga yaqinlashdim va: 
«Ota! U odam siz haqqingizda bo’lar-bo’lmas gaplarni gapirmoqda, sizni uncha yaxshi 
ko’rmaydi, sizga muxolif!» – deb aytdim. 
Lekin, ular xossatan uning oldiga bordilar. U mening haqimda gapirmoqda ekan, deb 
o’tirmadilar. Natijada u odamning qanday o’zgarganini men yaxshi bilaman. 
«Sizga xiyonat qilganga siz yaxshi vafoli bo’la oldingizmi?» 
«Farzandlaringizni odobli qilib tarbiya qildingizmi?» 
«Qo’shnilaringizni xushnud qila oldingizmi? Ular sizni duo qiladilarmi, mamnunmi 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin