Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
berib yuboring!» deymiz. Ko’pincha, kallani pishirish uyda xotinlarga mushkulligi uchun: 
«Boshini, shu narsalarini berib yuboring!» deymiz. Ammo Rasululloh sallallohu alayhi 
vasallam nima demoqdalar:
«Ol hammasini!» 
«Hammasinimi, yo Rasululloh?» 
«Ha, hammasini!» 
Hammasini olibdi, jimgina ularni olib, kechga yaqin qabilasiga kirib boribdi. 
«Allohu Akbar! Bu nima? Sen ertalab bir o’zing chiqib ketganding. Nima, talonchilik 
qildingmi yoki o’g’irlik qildingmi?» – deb taajjublanib so’rabdilar. Shunda u:
«Muhammad berdi. Faqirlikdan qo’rqmaydigan Muhammad berdi», – deb aytibdi. 
Bizning esa faqirlikdan qo’rqqanimizdan qo’llarimiz titraydi: «Hoy, hoy, bola-chaqangga 
nima qoladi?» – deymiz. 
Payg’ambarimiz faqirlikdan qo’rqmasdan butun borini beribdilar. Odamlar hayron 
qolishibdi, hammalari maftun bo’lib, musulmonchilikni qabul qilibdilar. Bir poda qo’y 
yaxshimi yoki bir guruh musulmonlar yaxshimi? Shu qadar musulmonga ega bo’ldilar. 
Qo’yni berdilar, musulmonni – mo’minni oldilar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi 
vasallam. Bu bilan zarar ish qilmadilar? Yanada ko’proq foyda ko’rdilar, chunki xolis 
musulmonlar ko’paydi. 
Ya’ni berishdan qo’rqmay berar edilar. Abu Bakr Siddiq ham bermoqchi bo’lganlarida 
qo’rqmasdan hammasini berar edilar. 
«Miskinlarga mollaringizdan berdingizmi?» Beramiz. Nima uchun beramiz? Chunki 
ularning haqlari bor. Bizning mollarimizda ularning ham haqlari bor. Uni bergan 
vaqtimizda molimiz ma’nan tozalanadi,poklanadi. Shuning uchun ham arabchada 
zakotning ma’nosi tozalash degani. Zakot berishing bilan moling poklanadi. Zakot bu – 
insonning Allohga itoatkorligini ko’rsatadigan belgi. Baxil bilan saxiy musulmonning farqi 
zakot berishda bilinadi. Zakot bergan insonni baxil deb aytolmaysan. Ammo zakot bu – 
saxiylikning eng quyi qismi, eng yuqori cho’qqisi bu siddiqiyatdir. Nimang bo’lsa, Alloh 
yo’lida hammasini berasan. Hatto jonlarini ham berganlar. Bir usmonli shoiri shunday 
deydi: 
Jonni jonon so’rabdi, bermaslik bo’lmas, ey dil, 
Har ne qilganim bilan u na meningdir, na sening!..
Jonni jonon xohlaganidan keyin bermasdan iloji yo’q? Axir, bu meniki ham, seniki ham 
emas, Unikidir! Shundoq deb, jonini beribdi... 
Demak, infoq-ehson qilganlardan Alloh mamnun bo’lar ekan.Shuning uchun ham 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflaridan birida Ramazon «shahrul 
muvosot», ya’ni «... mol bilan, infoq-ehson bilan o’zgalarga yaxshilik qilish oyi», degan 
edilar. 
Ramazonda bilasiz, Qur’oni karim o’qiladi, tarovih namozlari ado etiladi, ro’za tutiladi. 
Yana nima qilinadi? Xazinalar eshigi ochilib, faqirlarga ham ulush beriladi. Ularni 
sevintiriladi. Shunda Alloh rozi bo’ladi. Nega? Chunki, ko’ngil olish – Ka’ba qurishdek 
savob. Qalbni buzish – Ka’bani buzishdek gunoh. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin