www.ziyouz.com kutubxonasi
39
intiladi, havas qiladi.
Hazrati Oyishai Siddiqa volidamiz uylariga kelgan hamma narsani kechgacha miskin-
bechoralarga tarqatib yuboribdilar. Shom namoziga azon aytilibdi, hammalari ro’zador
ekanlar, xizmatchisi chiday olmasdan:
«Ey mo’’minlarning onasi, bizga ham biroz ajratsangiz edi. Hammaga berdingiz, lekin
o’zingiz ham ro’zadorsiz. Quruq non va xurmodan boshqa hech narsamiz yo’q!» – debdi.
«Vaqtliroq aytganingda buni ham bajargan bo’lardim. Aqlimga kelmabdi», – deb javob
beribdilar.
Solih insonlarning holiga qarang: ular qanday xayru hasanot bermoqdalar!
Hazrati Ali oilalari bilan birga iftorlikka o’tiribdilar. Shu payt bir miskin kirib qolibdi va
«Alloh rizosi uchun biror narsa bersangiz, qornim och», – deb so’rabdi. Shunda ular
o’zlari yeydigan taomlarni beribdilar va o’zlari och qolibdilar. Sabr qilamiz debdilar,
ertasiga yana ro’za tutish uchun niyat qilibdilar va och ro’za tutibdilar.
Ertasi kun ovqatni tayyorlab, dasturxonga olib kelibdilar va yana o’sha vaqtda eshik
taqillabdi. Bir yetim kelib: «Och qoldik, yeydigan biror narsa bo’lsa beringlar!» – deb
so’rabdi. Ikkilanmasdan, nasibalarini unga beribdilar.
Uchinchi kun och hollarida yana ro’zani davom ettiribdilar. Dasturxon atrofida
o’tirganlarida bu safar bir asir kelib qolibdi. «Och qoldik, biror narsa bering!» – deb
so’ragan ekan, darhol beribdilar.
Oyat nozil bo’libdi:
«Va taomni suyib-xohlab tursalar-da, (o’zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni taomlantirurlar» – oyati karimasi Hazrati Alining bu saxovati haqida
tushgandir.
Va bunday saxiy insonlar shunday deydilar:
«(Ular ayturlar): Bizlar sizlarni yolg’iz Allohning yuzidan taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ishimiz uchun) biron mukofot va minnatdorchilik istamasmiz – kutmasmiz». Evaziga molu dunyo ham istamaymiz, shukr ham xohlamaymiz.
Qilganlarimiz faqat Alloh rizosi uchun, xolos.
Bunday ibratli voqealarni eshitgan kishilar muborak zotlarga havas qilib, ularga
o’xshashga intiladilar. Shuning uchun ham solihlar hayoti haqida o’qish va ulardek
bo’lish uchun harakat qilish lozim.
«Ey Odam farzandi! Bajara olmaydigan ishlaringni gapirasan va buyurilmagan ishlarni
bajarasan».
Bu yerda odam farzandining ikki qusuri aytilmoqda:
Ba’zi kishilar tushunib-tushunmay, unday qilaman-bunday qilaman deb, ko’p narsani
tiliga oladi. Bajara olmaydiganini gapirish to’g’ri emas. Uddasidan chiqadigan darajada