www.ziyouz.com kutubxonasi
28
gunohdan asradik deya yuqoridagi oyatda xabar beriladi. Darhaqiqat, Yusuf
alayhissalom g’oyat go’zal va eng chiroyli payg’ambarlardan bo’lganlar. Ammo Hazrat
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Yusuf alayhissalomdan ham xushro’y
bo’lganlar.
Bir shoir yozgan ekan:
«Rasulullohning yuzlari qilich kabi yaraqlaydi». U vaqtlardagi porloq narsa qilich edi.
Chunki u davrda bizning davrimizdagidek oynalar yo’q bo’lgan, kumushni yaltiratib, oyna
o’rnida qo’llanilgan. Shuning uchun ham «Qilichdek yaltiraydi», – deb aytmoqda. Boshqa
birisi esa: «Qanaqa qilich? Oy kabi, quyosh kabi edi», – deb tushuntiradi.
Shu muborak kunlarda so’raymiz: Alloh taolo hammamizga oxiratda jamolini ko’rishni
nasib aylasin. Endi mavzuga qaytamiz.
Yusuf alayhissalom eshikdan kirishlari bilan xotinlar qo’llarini kesdilar. Qo’llarida olma
bor edi, ammo ular bu husnu jamolni ko’rishlari bilanoq hamma narsani unutdilar, lol
qoldilar, natijada qo’llarini kesa boshladilar.
«Bas, qachonki uni ko’rishgach (ular beixtiyor uni) olqishladilar va (o’zlari sezmagan hollarida, qo’llaridagi pichoqlari bilan) o’z qo’llarini kesa boshladilar. Hamda: «Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asl farishtaning o’zi-ku», deb yubordilar». Yusuf alayhissalom Zulayxo volidaning qo’liga tushib qoldi. Yusuf alayhissalom yosh bir
yigit, Zulayxo volida esa yuqori tabaqaga mansub vazirning ayoli. U eshikni yopishi bilan
ikkalasi ham bir-biriga havas qilib boqdi, lekin Yusuf alayhissalom shu vaziyatda o’zlarini
tutdilar...
«Agar Parvardigorining ochiq hujjat-alomatini ko’rmaganida...» . Rivoyatga
ko’ra, o’sha vaqtda Yusuf alayhissalom qarshilarida Yaqub alayhissalomni ko’rgan
ekanlar. Yaqub alayhissalom barmoqlarini tishlab turgan holatda namoyon bo’libdi.
Shunda Yusuf alayhissalom es-hushini yig’ib, o’zlarini qo’lga olibdilar. Albatta, buni
ko’rganlaridan keyin nima dedilar: