Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
ne’matlarini tushunmaydigan, fahmlay olmaydiganlarga hidoyat nasib etmaydi! 
Dunyodagi barcha Ne’matning – suv, havo, ovqat, salomatlik, ofiyat, aql, fikr va 
hokazo... Hamma narsaning Allohning ikromi ekanligini bilish lozim! Bu ne’matlar qadrini 
bilmagan va ularning Alloh tomonidan berilganligini tushunmaydiganlarga hidoyat nasib 
etmaydi. 
Shuningdek, zolimlarga ham hidoyat nasib etmaydi. Boshqalarga zulm o’tkazuvchi, o’z 
nafsiga zulm qiluvchi, Alloh buyurgan ahkomlarini bajarmasdan gunohga botib 
yurganlarga hidoyat nasib etmaydi. 
Fosiqlarga, fisqu fujurda yashayotganlarga ham hidoyat nasib etmaydi. Allohning 
tavajjuhiga erishishning ilk sharti bandaning o’z xatosini tushunib, ularni tark etib, 
gunohlariga pushaymon bo’lib, u yo’ldan qaytishidir. Bu noto’g’ri yo’ldan qaytmay, 
avvalgi holatida davom etsa, hidoyat nasib qilmaydi. Alloh bunday kishining tavbasini 
qabul qilmaydi, unga tavajjuh etmaydi. 
Inson qanchalik gunohkor bo’lmasin, xatosini tushunib yetdimi, afv etilish umidi bor. 
«Yuz martaba tavbani buzgan bo’lsang ham yana kel, bu umidsizlik dargohi emas!» 
Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlariga nisbat berib, uning maqbarasi ustidagi lavhada 
yozilgan bu so’zlar aslida eronlik boshqa bir shoirga tegishli. Ya’ni pushaymon bo’lib, «Ey 
Rabbim, so’z bergan edim, ammo chiday olmasdan yana gunoh qildim, meni afv 
etasanmi?..» Sidqi dildan xatosini tushunib, pushaymonlik his etib, u yo’ldan 
qaytganlarni Alloh taolo hazratlari afv etadi. 
Inson o’z haddini bilishi, xatosini tan olishi, bo’ynini egib, «Yo Rabbi, bilaman, 
gunohkorman, qusurliman», – deb aytishi lozim!.. 
Qarang, arablar qamariy oylarni boshi, o’rtasi va oxiri deb uch qismga bo’ldilar. 
Boshidagi o’n kunga, ashri-avval, o’rtasidagi o’n kuniga ashri-avsat, oxiridagi o’n kunini 
esa ashri-oxir deb ataydilar. Bu muborak, go’zal oyning to’la o’n kuni ham o’tib bo’ldi. 
Ramazonning ashri-avvali qo’ldan ketdi. Qaytarilishi mumkin bo’lmagan ne’matlardan 
biri, bu zamondir. O’tdimi orqaga qaytarib bo’lmaydi. Qaytarish mumkin emas. 
Mo’’minga eng buyuk nasihat, eng buyuk dakki bu – vaqtning qadr-qimmatini bilishi, 
umrini yelga sovurmay, har soniyasini go’zal holda o’tkazishi, g’ofil qolmasligidir. 
Shuning uchun ham tariqat buyuklarimiz: «Darvesh «hush dar dam» – asosiga qat’iy 
amal qilib, har nafasda hushyor bo’lishi lozim!» – deganlar. 
Payg’ambarimiz buyuribdilarki: 
«Sizga ramazon oyi keldi». Barakot oyi. Ramazon oyi kelganda hamma narsada barakot 
bo’ladi. «Ashhadu anla’ ila’ha illalohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va 
rasu’luhu» – deb shahodat berganimizdek, ko’zimiz bilan ko’ramizki, ramazon barakot 
oyi. Dasturxonlar, zamonlar barakotli bo’lmoqda. Har narsada barakot hosil bo’ladi. 
Chunki, bu oyni Alloh taolo haqiqatan ham farishtalari vositasida mo’min bandalariga 
hozirlab beradi. «Alloh taolo Jabroil alayhissalomga shayton va uning rahbar askarlarini 
zanjirband qil deb amr etadi», – deya keladi hadisi sharifda. Ya’ni, insonlarni yo’ldan 
ozdiradigan, aldaydigan, bir-biriga urishtiradigan, zulm qildiradigan ana o’sha yomonlik 
manbai shaytonning harakatlari cheklanadi. Qo’l-oyoqlari bog’lanadi, zanjirband etiladi. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin