Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
49
og’riyaptimi, qusdingizmi?» – deb so’rabdilar. 
Hasan Basriy aytibdilarki: 
«Bu kecha – baroat kechasi! Bir yillik bajarilgan amallar maloikalarga topshiriladigan 
kecha. Yoshligimda, o’spirinligimda, kechasi, kunduzi qilgan barcha gunohlarimni 
bilaman. Tavba qildim, kechirishini so’radim, ammo kechirilganligi to’g’risida biror 
ishorat ko’rmadim, afv etildimmi, afv etilmadimmi noma’lum? Demak, kechirilganligim 
noma’lum ekan, mening gunoh ish qilganligim aniq, kechirilmasligim mumkin». 
Alloh ba’zan kechirmaydi. Buning sabablari bor. Ularni bilish lozim! 
Bu – hayotning eng muhim masalasi! Nima qilsam, Alloh mening gunohlarimni afv etadi, 
nima qilganimda dod desam ham kechirmaydi? Bularni bilish shart! 
24
Sha’bon oyining 15-kechasi.
Gunohlarimni bilaman - aniq. Kechirilgani noma’lum - qo’rqyapman. Ha, ibodatlar 
qilganman, ammo qabul etilganini bilmayman. Agar namozlarimning birortasi qabul 
etilmagan bo’lsa, men esa shu yoshga yetdim, endi ahvolim nima bo’ladi? Yetmish 
yoshga kirgan bir kishining tushida bir ishorat ko’rsatib: «Sening birorta ham 
namozingni qabul qilmadim!» – desa, Alloh saqlasin, nima bo’ladi ahvoli? Yetmish yillik 
ibodat havoga ketsa, inson juda ham qattiq parishon bo’ladi. 
Demak: «Gunohlarimni bilaman – o’chirilgan yoki o’chirilmagani aniq emas,.. Ibodatlar 
qilganman – qabul qilingan yoki qilinmaganligi aniq emas. Mening ahvolimdan ham 
yomonroq kim bor?» – deb aytibdi sarg’ayib ketgan u muborak zot. Holbuki, Hasan 
Basriy tobeinlarning eng ulug’-muboraklaridan biri. Avliyo, lekin tabiiyki, bunday zotlar 
juda mutavoze’ bo’ladilar. Allohning ogoh qullari, o’zlarini jannatiy qilish va 
jahannamdan saqlanish uchun bizga o’xshab tanballik qilmasdan, juda qattiq harakat 
qilganlar. Qarang, shu muborak oyning o’n kuni o’tib ketibdi. Shu o’tgan o’n kunni 
qanday o’tkazganingizga bir nazar tashlang! 
Alloh bu xayrli oyda sizning ustingizga rahmat-mag’firatni yoyadi. Sizni xayrga o’raydi. 
Yer yuzi, musulmonning usti xayr bilan yopiladi. Keyin rahmat tushadi. Bu oyda 
osmondan Allohning rahmati yog’adi. Uylar, ko’ngillar, o’lkalar, shaharlar va masjidlarga 
rahmat yog’iladi. 
Alloh bu oyda gunohlarni kechiradi. Kechayu kunduz, ham iftor paytida, ham sahar 
vaqtida kechiradi. Yolvorgan har bandani mag’firat qiladi. Bu oyda ko’plab insonlar 
mag’firatga erishadi, gunohlari kechiriladi. 
«Alloh bu oyda duolarni qabul qiladi». Duo-Allohdan so’rash degani. Alloh duolaringni 
qabul qiladi degani-so’rayver, so’raganni Alloh beradi deganidir. Ammo Allohdan nimani 
so’rash lozimligini ham bilish kerak. 
Savob haqida gapirayapmiz keling, sizlarga bir hikoyani aytib beraman: Bir podshoh 
vazirini olib, qiyofasini o’zgartirib, shalvarlar kiyib, qishloq aholisining hayoti bilan 
tanishishga ahd qiladilar. Yo’lda ketib tursalar, bir mo’ysafid chol yerga ko’chat 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin