www.ziyouz.com kutubxonasi
50
ekayotganini ko’ribdilar. Podshoh qiziqib so’rabdi:
«Amaki, buni nega ekayapsiz? Buning mevasini yeyishga sizning umringiz yetadimi?»
Podshoh-ku qo’rqmaydi, beparvo. Bu gapni eshitganidan keyin qariya shunday javob
beribdi:
«O’g’lim, bizdan oldingilar ekdilar, bizlar yedik. Endi biz ham ekaylik, bizdan keyingilar
yesin».
Javob podshohga juda yoqib tushibdi. Vaziriga ishora qilibdi:
«Bunga bir xalta tillo ber!»
Vazir podshohning amriga binoan bir xalta tillo chiqarib beribdi.
«Oling, amaki, bu xaltani! Javobingiz meni ta’sirlantirdi!» – debdi podshoh.
Qariya xaltachaga tikilgancha hayratlanibdi. Chunki u bir zumda boy bo’ldi-qoldi. Oltinga
to’la xaltacha qo’lida. Qarshisidagi odamning ulug’ bir insonligini tushunibdi-yu,
podshohligini bilmabdi. Jilmaygancha xaltani ko’rsatib:
«Qara bolam, ko’chatning mevasini ko’ra boshladim», – debdi.
Podshohga bu gap ham ma’qul tushibdi. Vaziriga yana ishorat qilibdi. Vazir yana bir
xaltani uzatibdi. Qariya ikki qo’lida ikkita oltin to’la xaltani ushlagan holda juda mamnun
bo’lib, podshohga o’girilib:
«Qarang! Siz mevasini yeyolmaysiz, deb aytgan ko’chatim bir soniyada ikki marta meva
berdi», – debdi.
Qariyaning bu gapi ham podshohga yoqib tushibdi va vaziriga qarab:
«Yana bitta xaltachadan ber. Keyin qochib qolaylik buning oldidan! Bo’lmasa xazinamizni
tugatib qo’yadi bu odam», – debdi.
Ha savobning turlari ko’p. Yuqorida aytib o’tganimizdek, daraxt ham sadaqai joriya.
Daraxtlar ham savob keltiradi!
Bir inson biror daraxtning soyasida dam olsa, daraxtni ekkanga savob yoziladi. Bir qush
kelib shoxiga qo’nsa, ekkanga savob yoziladi. Aytaylik, tut daraxti bo’lsa, tutlarini
qushlar yesa, savob yoziladi. Bolalar yesa ham daraxtni ekkanga savob yoziladi.
O’tinidan foydalansa ham, daraxtni ekkan savob topadi.
Sadaqai joriya nima degani? Joriya bu yerda qul xotin, haramdagi xotin ma’nosida
emas, jarayon etmoq, davom etmoq ma’nosida. Sadaqai joriya degani savobi oqib
turadigan, davom etadigan, davomli savob ishlab turadigan deganidir. Shuning uchun
ham bunga o’xshash ezgu ishlarni bajarib turish lozim!
Endi mavzuga qaytsak. Alloh bu oyda gunohlarni afv etib, duolarni qabul qilar ekan. Bu
gaplarni qaerdan boshladik?.. Vaqtimizni behuda narsalarga sarf etayapmiz. Futbol, u-bu
ishlar bilan o’tkazyapmiz. Bizlarga kerak bo’lgan narsalarni o’ylamaymiz. Qanday duo
o’qishni bilmaymiz. Bizga dunyoda va oxiratda nima foyda beradi, uni o’rganib, bilib
olaylik. Asl foyda shulardan keladi.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi
51
«Men jannatga kirmoqchiman, buning uchun nimalarni qilishim kerak?» – deb biror
kimsa so’ramaydi.
«Jahamnnamdan qutulishim uchun nima qilishim lozim? Alloh kimlarni sevadi?» – deb
so’raylik!
Qur’oni karimda: