www.ziyouz.com kutubxonasi
59
bunday misollar sizning hayotingizda ham uchraydi. Mening hayotimda ham ko’p
misollar bor bunga.
3. Ba’zan mukofotini Alloh oxiratda beradi. Shunday narsa so’rabdiki, bu dunyoda
bo’lmaydi. Masalan, otasi yoki domlasi, yoki o’g’li yoki bo’lmasam, birorta sevgan
kishisining kuni bitib, vafot etmoqchi. Yonidagilar qo’l ochib duo qilmoqdalar: «Yo
Rabbim, bunga sog’liq ber, salomat qil, oyoqqa turg’az...». Ammo u odam vafot etadi.
Bunday duolarga ham Alloh taolo mukofotini beradi. Qulining duosini qabul etib, uning
mukofotini dunyoda emas, oxiratda beradi. Chunki so’ralgan narsa qadari ilohiyga
muvofiq kelmasa, iloji bo’lmaydi.
Ba’zan shunday duolar ham bo’ladi: Dehqon yomg’ir yog’ishini, tandirchi quyosh
chiqishini xohlaydi. Dunyoda har bir inson o’z manfaatidan kelib chiqib duo qiladi.
Ikkalasi ham solih qul bo’lishi mumkin lekin, bir-birlariga zid narsalarni so’ramoqdalar.
Shunda ijobat bo’lmaydiganiga Alloh oxiratda mukofotini beradi.
Muhtaram birodarlarim! Biz doim ilm-ma’rifat uchun xizmat qilgan ummatmiz. Musulmon
ajdodlarimiz dunyo tarixida misli ko’rilmagan olimlar bo’lishgan, dunyo turguncha o’qib-
foydalaniladigan asarlaribitib qoldirishgan. So’nggi davrlarga kelib ilm-ma’rifatga mehru
muhabbatimiz biroz zaiflashdi.
Yapon xalqini yaxshi biladigan bir birodarimiz gapirib berdi. «Domla, yaponlar ko’p kitob
o’qiydilar. Yevropaliklar orasida olmonlar ko’p o’qiydi, lekin yaponlar ulardan ham ko’p
mutolaa qilishadi» – dedi. Qarang ajnabiy xalqlar ko’p kitob o’qimoqdalar. Biz ham
vaqtimizni zoe’ o’tkazmasdan ko’p mutolaa qilaylik. Yonimizda doim zarur kitobimiz
bo’lsin. Farzandlarimizgi ham shu odatni o’rgataylik.
Bir birodarimiz doim yonida kitob olib yurardi. Bir kun yonidagi kitobni ko’rib: «Qanday
kitob?», – deb so’radik. Kitobga razm solganimizda, ko’rdikki Abdulqodir Giyloniy
quddisa sirruhuning va’z kitobi tarjimasi ekan. Men esa, u holda bir sahifa oching-da,
Abdulqodir Giyloniy quddisa sirruhuning bizga aytgan nasihatlaridan o’qing, dedim.
Shunda ushbu hadisi sharif nasihat bo’lib chiqdi: Oxiratda, Mahkamai Kubroda,
gunohlar-savoblar tortiladigan vaqtda, ba’zilar daftarlarida muazzam savoblar
yozilganini ko’rar ekanlar. Shunda ular «Rabbim, men bu savoblarga qaerdan erishdim
ekan?» – deb so’raydilar.
Shunda Alloh taolo: «Ey, qulim! Bu savoblar Menga duo qilganing uchun nomai
a’molingga yozilgan. Chunki sening o’sha paytda xohlagan narsalaring Men belgilagan
qadari ilohiyga zid edi, bo’lishi mumkin emas edi. Ammo qilgan duoing sababli senga bu
savobni baxshida qildim. Seni duoyingga shunday javob qaytardim», – der ekan.
Shunda u yerdagi savoblarning buyukligini ko’rgan qullar: «Koshki, Alloh taolo
dunyodagi barcha duolarimizning savobu mukofotini shunga o’xshab oxiratda bersaydi»,
– deb tamanno qilar ekanlar.
Demak, inson harom-harishga bulg’anmasa, Alloh nazdida nomaqbul holatda bo’lmasa,
duosi qabul bo’ladi. Chunki Alloh taoloning: