Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
Duosi qabul bo’ladigan toifalardan yana biri bemorlardir. Kasal insonning uyqusi –
ibodat, sukuti – tasbeh, duosi – ijobat. Xastalangani uchun bajarishga ko’nikkan solih
amallarini bajara olmasa ham bajarayotgandek savob yozilaveradi amal daftariga.
Natijada nomai a’molidagi barcha gunohlar o’chiriladi.
Ro’zadorning ham holati shunday: uyqusi – ibodat, sukuti – tasbeh, duosi – ijobat va
amali – muzoafdir. Muzoaf – qo’sha-qo’sha, ortig’i bilan baholangan, ko’paytirilgan
degani. Ro’zadorning tutgan ro’zasidan tashqari, barcha qilgan amallarining savobi 70
martaga ko’payadi. Chunki Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xabar
berishlaricha, Alloh taolo aytarmish: «Ro’za men uchun tutiladi. Shuning uchun uning
mukofotini men o’zim beraman!» Shu bois ro’za tutishning ajru mukofoti behisobdir.
Ramazonga tegishli yana bir hadisi sharif keltiraman. Abu Haysam raziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi:
«Bir ramazondan kelasi ramazongacha, ikki ramazon orasi», (Val hajju ilal hajji), «Avval
qilingan haj bilan keyin qilingan haj orasi», (val jum’atu ilal jum’ah), oldingi jum’a bilan
yangi kelgan jum’a orasi (vas sola’tu ilas solah), oldinroq o’qilgan namoz bilan keyingi
o’qilgan namoz orasi (kaffa’ratun lima’ baynahunna)dagi gunohlarga kafforatdir. Ya’ni
gunohlarning kechirilishiga sabab bo’ladi, gunohlar o’chiriladi. Demak, ramazon ro’zasini
odobiga ko’ra tuta olsak, u – o’tgan yilgi ramazondan bu yilgi ramazongacha qilgan
gunohlarimiz, xatolarimizga kafforat bo’ladi. Bu biz uchun bir xushxabar.
Agar bir necha marta hajga borgan bo’lsak va hajlarimiz halol pul evaziga qilinib,
maqbul bo’lgan bo’lsa, oradagi gunohlarga kafforat bo’ladi. Tabiiyki, hajga hamma ham
bora olmaydi, ammo ramazonga hamma erishadi.
Bir jum’a oldingi jum’a bilan oralaridagi gunohlarga kafforatdir. Shuning uchun ham
musulmonlar jum’a namozini tark etmasliklari lozim! Chunki u oldingi gunohlarning
o’chirilishiga sabab bo’ladi. Albatta, jum’alarda gunohlar o’chirilishining boshqa yo’llari
ham bor. Jum’aga kelishidan oldin g’usl qilib, yuvinsa, o’n kunlik gunohi kechiriladi.
Qur’oni karimning o’n beshinchi porasida surai Kahf bor. Surai Kahfni jum’a kuni o’qigan
kishining o’n kunlik gunohi kechiriladi degan mujda ham bor.
Ko’rib turibsizki, kechayu kunduz xato qilamiz, qusurlarimiz bo’lishi mumkin, ammo
ibodatda bardavom bo’lsak, jum’ada doim bo’lsak, haj vazifalarini bajarsak, ramazonni
go’zal kechirsak, bu ibodatlarning barchasi xatolarimizni yuvib-tozalaydi. Natijada
mahshar kuni yuzimiz oq bo’ladi. Qusurlarimiz sababidan jazoga giriftor bo’lmaymiz.
Ammo:
Dostları ilə paylaş: