Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc


«... chin ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

«... chin ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar».
Ixlos bilan Allohga duo qiladilar, quruqlikka chiqqanlarida esa unutadilar. Inson 
farzandining turgan-bitgani shunday... 
Yusuf Islom ham bergan so’zini unutibdi. Ammo «Hoy sen, «Ey Rabbim, agar meni 
qutqarsang, senga yaxshi ibodatlar qilaman», deb va’da bergan eding! Nima bo’ldi?» – 
deb bir necha marta tush ko’raveribdi va oxiri musulmon bo’libdi. Alloh uni 
ogohlantirgan ekan. 
Bu birodarimizni yaxshi bilamiz, uni hurmat qilamiz. Qani, tomosha qilaylik, dedim. «32-
kun» dasturi boshlanish soatida televizorni qo’ydik. Bu ko’rsatuvni tayyorlaganlarning 
jazosini Alloh bersin. Bu aslida musulmonlar tomosha qiladigan Yusuf Islom haqidagi bir 
dastur edi. Men ham shuning uchun tomosha qilmoqchi bo’ldim. Dasturning boshiga 
behayo bir filmning yotoqxona sahnasini kiritibdilar – xalqni masxara qilayotgandek. 
Men uni kutmagandim-ku, men sening dasturingni – Yusuf Islomning qanday musulmon 
bo’lishini tushuntirib berasan, deb tomosha qilmoqchi edim. Nega behayo sahnani kiritib
meni gunohkor qilasan? Zotan, o’zing gunohga botib turibsan... 
Biz Yusuf Islomni tomosha qilmoqchi edik, lekin bu dasturni ko’rgan, ko’zimizni yopdik, 
lekin xohlaganingcha berkit, uying ichida ham mayxona, ham diskoteka, ham cherkov, 
ham pop, ham kazino, umuman hamma narsa bor. Bu televizor har narsa... 
Shuning uchun ham, muhtaram birodarlarim, ko’z zinosi masalasida juda ehtiyot bo’ling! 
Payg’ambarimiz bejizga: «Ko’z ham zino qiladi» demadilar. Ya’ni haromga qaradimi – 
ko’zning zinosi bo’ladi. Zino ham gunohi kabira. Gunohi kabira qiladigan insonning esa 
duosi aslo qabul bo’lmaydi. 
Bir kishi ko’chada biror ayolga ko’zi tushsa, birinchi boqish kechiriladi. Ikkinchi marta 
nazari tushsa, gunoh yozila boshlaydi. Chunki ikkinchi qarash shaytondan. Birinchi 
marta ko’zi tushganda, nima qilsin, ma’sum, chorasi yo’q. Ikkinchi qarashi shaytondan 
bo’lib, gunohga boshlaydi. Shuning uchun ham bizning naqshbandiya tariqatimizning 
asoslaridan biri: «Nazar bar qadam». «Nigohing oyog’ing uchida bo’lsin», – deyiladi. Bu 
nima degani? Atrofga qaramasdan, bokira qizdek hayoli bo’l, degani. Chapga, o’ngga 
qaradimi, agar ko’rib qolsa gunohga kirgani shu. 
Shoir nima deydi: 
Ko’z ko’rdi, ko’ngil sevdi, o mening yuzi mohim! 
Qurboning bo’lay, bormi, bunda mening gunohim?
– Ha, bor. Ko’z ko’rgani uchun gunoh yoziladi. Nomahramga qaramasliging kerak edi. 
Ko’chaga chiqadigan ayolingni yarim-yalang’och emas, yopinchiqqa o’ratib chiqarishing 
kerak. Qizingni esa bolalagidanoq hayoga, odobga o’rgatasan... 
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinibdi, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi 
vasallam buyuribdilarki: 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin