www.ziyouz.com kutubxonasi
70
«Bo’ldi, so’z berdim, tavba qildim, boshqa ichkilik ichmayman!» – debdi.
Mayxonaning oldiga har kelganida yuragi qattiqroq urar ekan. Eshik tomonga hayajon
bilan qarar, shunda u o’ziga taskin berib, aytarkan «Qara, sen so’z berding,
hayajonlanma! Eshik tomonga qaramasdan, to’g’riga yurib ket!». Eshik oldiga kelganda
yana ojiz qoladi. Bo’lmadi, eshikdan o’tib ketadi, aqli orqada qolib ketgan. Ko’zlari
oldinda. Mayxonaning eshigi orqada qoldi. Biroq joni hali ham xohlayapti. Chetroqqa
yetib borganida:
«Ofarin, sen bu ishni muvaffaqiyatli bajarding. Kel, senga bir qadah mukofot!» – deydi,
yana ortga qaytadi.
Endi nima bo’ldi? Tavbasi, bergan so’zi nima bo’ldi? Shunday tavba ham bo’ladimi?
Kunduzlari ro’za tutib, kechalari gunoh qilish ham bo’ladimi, muhtaram birodarlarim?
Shuning uchun Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki: «Alloh sizlarga
bu muborak oyning kunduzlarida ro’za tutishni farz qildi, majburiyat qildi, kechalari
namoz o’qishni tatavvu’ – nafl ibodatni savobli qildi». Kunduzi ro’za tutasiz, kechasi esa
tahajjud namozi o’qiysiz! Kechani ham namozu niyoz bilan o’tkazasiz.
Ba’zi amakilarga qarayman, muazzin «Allohu akbar» deyishi va iftor vaqti kirishi bilan
sigaretni tutatadilar. Ey birodar, sen kunduzi sabr qilmadingmi? Kechga ham sabr qil!
Kechga kelib nima uchun ahdingni buzding? Bu ham makruh.
Olimlarimiz tekshiruvlar, tadqiqotlar olib borib, sigaretani makruh, deb ataganlar. Bu –
fiqh olimlarimizning so’zi. Ammo ba’zi olimlar harom ham deydilar. Haromligini isbot
qilish uchun, domlalar shunday asos keltiradilar. «Isrof harom emasmi? Harom.
Salomatlikka zararli narsa Harom emasmi? Harom. Sassiq tutun bilan atrofdagilarga
ziyon yetkazish harom emasmi? Harom. Demak, bu ham haromdir», – deydilar.
Men universitetda domla bo’lib yurgan paytimda Istanbuldagi Sahhoflar (kitobchilar)
bozoriga bordim. U yerdan juda qimmatli bir qo’lyozma asarni sotib oldim. Uch asr oldin
eski yozuv bilan yozilgan ekan. Kitobni yozgan olim sigaret endi chiqqan paytda Makkai
mukarramadagi to’rt mazhab qozisiga, ya’ni hanafiy, shofiiy, molikiy, hanbaliy qozilariga
borib: «Bu narsa haqida nima deysizlar?» – deb fatvosini so’ragan ekan. Hammalari
harom, degan ekanlar! Do’xtirlar ham: «Sigaret cheksang, muddatingdan tezroq
qariysan», – deydilar.
Kasalxonalarda aytiladiki: «Marhamat qilib, bu yerda sigaret chekmang! Sigaret chekish
ta’qiqlanadi!» Ba’zi muassasalarda chiroyli lavhalarni osib qo’yadilar: «Sigaret
chekmaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz». Avtobusda, uchoqda sigaret chekish
mumkin emas. Chunki sog’liqqa ham, atrofda o’tirgan chekmaydiganlarga ham zararli.
Chekuvchi chekdimi, uning tutuni atrofdagilarni bezovta qiladi.
Kunduzi ro’za tutib, ro’zasini sigaret bilan ochadigan kishilarga aytaman: Ey muborak
inson, Alloh senga fursat beribdi – kunduzi sabr qilding, endi kechga ham, ertaga ham
sabr qil, tugasin shu ish, qutulgin shu marazdan! Shu la’natidan qutulib, sog’ligingni
tikla!
Bir do’stim tushuntirib berdi. U bilan Akademiyada birga ishlardik, ba’zi kunlari