Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78
Agar gunoh qilgan kishini boshqalar gapirib yursa, «Falonchi shu gunohni qildi. Qanday 
yomon, uyatsiz!» – desa, uni g’iybat qilgan bo’ladi va ular ham gunohga botadilar. 
Gunohni gapirganlar ham gunohkor bo’ladilar. Bir-biri bilan gaplashib, birovning 
g’iybatini qilganligi uchun, aybini ochganligi uchun, ular ham gunohga botadilar. 
Birov qilgan gunohga rozilik bersa, joiz desa, «Qilaversin, menga nima? Men 
bo’lganimda, men ham qilardim!» – desa, yoxud uni ma’qullasa, unda qatnashmagan 
bo’lsa ham, roziligi sababli ishtirok etgandek gunohga sherik bo’ladi, bu juda yomon 
holat. 
Masalan, mikroavtobusda ketayapmiz, biri aytyapti: 
«Hoy, eshitdingmi? Falonchi dindor odam farzandiga to’y qilib, ichkiliklarni tarqatibdi». 
Unisi esa: 
«Qilsa nima bo’libdi, o’zi bittagina o’g’li bo’lsa, men ham shunday qilgan bo’lardim!». – 
deydi. Mana shu: «Men bo’lganimda, men ham shunday qilardim», so’zi bilan, u ishni 
qilmasa ham rozilik bergani uchun mikroavtobusda turib, unga sherik bo’ldi. U ham 
gunohga botdi.
Ko’ryapsizmi, gunoh zararining doirasi naqadar keng. Gunoh qiluvchining zarari ota-
onasiga, jamiyatga yetadi... Ayblaganga, qilgan gunohini orqasidan gapirganlarga, rozi 
bo’lganga – hammasiga zarari bor. Shunday bo’lsa, nima uchun bu aqlli musulmon 
gunohlarga qo’l uradi? Alloh taolo inson farzandiga aql bermadimi? Yaxshi-yomonni 
o’lchaydigan tarozisi, muhokama qobiliyati yo’qmi? Insonni taajjublantiradigan narsa... 
Alloh taolo bizlarni Haqni ko’rib, Haqqa ergashadiganlar zumrasidan qilsin! Botilni ko’rib, 
o’zini tutadiganlardan aylasin!
«Yo’l ozig’ini ko’p ta’minlab oling, chunki boradigan yo’l juda ham uzoq!». 
markablaringiz (minadigan narsalaringiz)ni yangilab oling; chunki dengiz chuqur. 
Amalni xolis qiling, chunki sizni tanqid ko’zi bilan ko’ruvchi, yaratgan Parvardigor 
hamma narsani juda yaxshi ko’rib turibdi. Binobarin, niyatingdagi buzuqlikni chiqarib 
tashla. Ishingni ixlos bilan bajar! 
Fosiqlarni, fojirlarni sevmasdan, o’zingni jahannamdan uzoqlashtir! Allohning abror, xos 
va xolis qullarini sevish bilan jannatga kir! 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin