www.ziyouz.com kutubxonasi
85
«Masjidimda mening bir musofir do’stim bor, necha kundir och yotibdi, nega xabar
olmadingiz?» – deb aytibdilar. Shuning uchun ham «Bobomiz aytdilar, unga biz
haqimizda shikoyat qilgan senmiding? Qani, yur ovqatga!» – deb olib ketibdi. Ma’naviy
xabarlashuvni qarang! Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qanday xabardor
etmoqdalar.
Bu olimlar pul topishni bilmaydilarmi, aqllari yo’qmi? Aqlini pul topishga ishlatganida edi,
dunyoning eng boy-badavlati bo’lishi mumkin edi. Ammo dunyoning eng boyi bo’lgan
Qorun nima bo’ldi? Fir’avn dunyoning eng boy-badavlati bo’lgan edi, nima bo’ldi?
Allohning sevgisini qozonmagandan keyin nima ham bo’lardi? Shuning uchun yaxshilarni
sevish lozim! Allohning yaxshi abror qullarini qidirib topib, sevmoq lozim!
Hotami Asom quddisa sirruhu Madinai munavvaraga kelibdi. Orif inson. Atrofga bir nazar
solibdi. Odamlarga yaqinlashibdi «Assalomu alaykum!» – deb, Rasulullohning saroyini
ko’rsatishlarini so’rabdi.
«Begona, sen juda ham johilga o’xshaysan», – debdilar. Hotami Asom ulug’ shayx,
buyuk avliyoulloh, lekin tanimabdilar.
«Rasulullohning ham saroyi bo’lgan ekanmi? Uning uyini bilganingda yig’larding! – deb
aytibdilar. – Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayoti juda ham mutavoze’ edi.
Tuproq, bo’yra ustida yotardilar».
Kichik bir hujra edi. Pok zavjalarining xonalari eniga bir arshin, bo’yiga uch arshin edi.
Xonalari juda ham tor, go’yo katak kattaligida edi.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning qo’llarida shox-shabbadan to’qilgan
bo’yra izini ko’rgan Hazrati Umar raziyallohu anhu yig’lab: «Kisrolar, qaysarlar qanday
yashayaptilar-u, siz esa Allohning xos Payg’ambari, sevgili habibi bo’la turib qanday
yashayapsiz?» – debdilar. Shunda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Kuyinma,
ey Umar! Ularning mukofoti shu dunyoda beriladi. Alloh bizlarning mukofotimizni
oxiratda berajak». (Ma’ li’ va lid dunyo). «Mening dunyo bilan nima ishim bor?» –
deganlar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam.
Hotami Asom so’rabdi:
«U holda bu saroylar kimniki?»
«Bu falonchiniki, bu pistonchiniki...»
«Demak, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shaharlarini Fir’avnlar to’ldiribdi», –
debdilar.
Hamma yer saroy. Qani, qaerda tavoze’, mahviyat? Qani, qaerda erta uchun tashvish
chekmasdan, kelgan mol-dunyoni kechga qoldirmasdan faqirlarga tarqatib yuborishlik?
Qani, qaerda Alloh rizosi uchun xayru saxovat qilish, faqirlikdan qo’rqmaydigan
jo’mardlik?
Shuning uchun abror zotlarning hayotini yaxshi o’rganmasdan turib islomni to’g’ri
o’rganib bo’lmaydi. Zamonaga emas, solih insonlarga qarang! Ularning hayotidan ibrat
oling, ularni seving, chunki kishi yaxshi ko’rgani bilan birga tiriladi.
Savbon raziyallohu anhudan bir mujdani sizlarga yetkazaman:(Savbon raziyallohu anhu
– Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xizmatchilari). Bir kun Savbon