Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
86
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning yuzlariga muhabbat, sevgi bilan qarabdi. 
Quyoshga o’xshab porlab turgan nuroniy yuzni hayron bo’lib tomosha qilib turgan 
ekanlar. Uning bu qarashini Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sezib qolibdilar: 
«Ey, Savbon, tinchlikmi, nima bo’ldi? Tikilib qolding?». 
Savbon debdi: 
«Sizning jamolingizga qarab, mamnunu masrur bo’laman, yo Rasululloh, oxiratni eslab 
esa ko’nglim cho’kadi. Chunki siz oxiratda Firdavsi a’loga kirasiz, Maqomi Mahmudga 
erishasiz, jannatdagi eng yuksak darajalarga yetishasiz! Men esa hatto jannatga kirish-
kirmasligimni ham bilmayman? Jannatga kirgan taqdirimda ham sizning maqomingiz 
qaerdayu mening darajam qaerda? Ajabo, Sizni u yerda ko’ra olarmikanman?». 
«Milliardlarcha inson, millionlarcha musulmon – hammalari Rasululloh ishqida. Hovlimiz 
Rasulullohniki bilan qo’shni bo’lsin», – deb duo qilib turibdi. Qayoqda, biz u 
davlatmandning yoniga yaqinlasha olarmidik?» – deb xavotirga tushibdi. 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: 
«Xafa bo’lma! Kishi sevgan odami bilan birga bo’ladi!» – deb lutf aylabdilar. Alloh qodir, 
sevganni sevgilisidan ayirib qo’ymaydi. Jannatda g’amginlik yo’q. 
Demak, inson yaxshilarni sevsa, qiyomatda ular bilan hashr bo’ladi. 
«(Ey Muhammad, mashaqqat va ozorlarga) sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli 
amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas».
Chunki Alloh yaxshilarni, muhsin qullarini zoe’ qilmaydi. 
Muhsin – biror narsani chiroyli bajargan degani. Ehson – ishini chiroyli qilmoq degani. 
Ibodatdagi ehson nima ekan? Ya’ni ibodatni qanday qilib chiroyli bajaramiz, mukammal 
ado etamiz? 
«Ehson nima degani, ey Rasululloh?» – deb so’raydi Jabroil alayhissalom: 
«Ehson – Allohni ko’rayotgandek Unga ibodat qilishingdir, agarchi sen Allohni 
ko’rmasang ham U seni ko’rib turadi», – deb buyuradilar Rasululloh sallallohu alayhi 
vasallam. 
Sen «Allohu akbar» deyishing bilan uning huzurida bo’lasan. U senga shoh tomiringdan 
ham yaqin. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin