«Eslang (ey Muhammad), Alloh: Ey Iso binni Mar-yam, odamlarga: Allohni qo’yib, meni va onamni Xudo qilib olinglar, deb sen aytdingmi? – deganida...» Iso alayhissalom xijolat chekib, terlab shunday javob berar ekanlar:
«Yo Rabbim! Bu savolning nima uchun so’ralayotganini bilaman. Aytgan bo’lsam, sen bilasan. Ya’ni mening senga javob berishimga biror hojat bormi? (Innaka anta alla’mul g’uyub). Sen g’oyibni bilasan! (Ma qultu lahum illa’ ma’ amartani’ bihi’). Men unday qilmadim, unday demadim, ey Rabbim!.. Men bu qullarga sen nimani buyurgan bo’lsang, shularni aytdim. (Ani’budulloh). Faqatgina Allohga ibodat qiling, deb, Sen nimaniki buyurgan bo’lsang, shuni aytdim» , – deydi Iso alayhissalom.
Demakki, Iso alayhis salomning shahodat berishicha nasroniylar noto’g’ri yo’lda, Hazrati
Iso alayhissalom xohlamagan yo’lda. U buyurmagan narsalarga sig’inadilar, bu – aniq.
«Albatta Alloh nazdida maqbul bo’ladigan din faqat Islom dinidir». «Sizlar uchun (faqat) Islomni (haqiqiy, o’zimga maqbul) din qilib tanladim». Butun dunyo xalqi bilsinki, Alloh rozi bo’lgan, sevgan, uning nazdida maqbul bo’lgan din
faqat Islom dinidir. Demak, bandalar Islom diniga kirgandan keyingina Alloh ulardan rozi
bo’ladi. Bashariyat Islom tufayli najot topadi, saodatga erishadi!
Insonlarga Allohning amrini din olimlari ko’rsatadi. To’g’risi – shu. Mayli, kim nimani
bajarsa, shunga yarasha jazosini oladi. Alloh taolo noto’g’ri ishni qildirmasin. Yanglish
yo’lda yurganlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatsin. Bu daryo to’lqinlidir, inson uning ichida o’z
e’tiqodini sog’lom saqlashi kerak. Ibodatini go’zal va ixlos bilan bajarishi lozim! Aks
holda ibodatining qiymati bo’lmaydi!
«Alloh taolo ixlos bilan bajarilmagan amallarni qabul qilmaydi».
Ixlos haqida gap ketganda bir voqea esimga tushdi. Bir ayol masjid qurilishi uchun katta
miqdorda moddiy yordam berdi. Mutavalliy hay’ati masjidga uning nomini qo’ymoqchi
bo’ldi. Shunda ayol kamoli odob bilan: «Bolam, men shonu shuhrat xohlamayman! Pul
beraman. Lekin na ismimni yozing va na tilga oling. Alloh bilsin, Alloh sevsin, shu
kifoya...», – dedi.
Ixlosga qarang! Inson ibodatni Alloh uchun bajaradi, boshqa narsa uchun emas!
(Fain-nanna’qida basi’run). Alloh barcha qilayotganimizni ko’rib turibdi va qanday
niyatda bajarayotganimizni ham bilib turibdi. Ixlos bilan bajarilmasa, uning ham jazosi
bo’lishi muhaqqaq. Ixlosning ziddi riyodir. Riyo bilan bajarilgan amalni Alloh qabul
qilmaydi.
«Fojirlarni sevmaslik yo’li bilan jahannamdan uzoqlash!». Inson fisqu fujurni sevmaydi,
fisqu fujur ahlini ham sevmaydi. Inson qiyomatda sevgan kishisi bilan qayta tiriladi.
Shuning uchun inson kimni sevishga, kimdan o’rnak olishga alohida e’tibor berishi lozim!
Sevgi – buyuk tahlika: yomon insonni sevsa va sevgisini yanglish jihatga bag’ishlasa,