Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
90
menga kunning avvalida ikki rakat namozni (kafolat) qil, keyin men senga kunning 
oxirigacha holingning chiroyli bo’lishiga kafil bo’lay!» – deb buyurgani rivoyat qilinadi. 
Hadisi qudsiydagi ikki raka’at namoz, bir qator rivoyatlarga ko’ra, ishroq namozidir. 
Kunduz deganda biz quyoshning chiqib ko’tarilganini tushunamiz. Tabiiy, nahori shar’iy 
fajrdan, subhdan boshlanadi. Sharq ufqidan oydinlik boshlanishi bilan subhi sodiq bilan 
birga, nahori shar’iy boshlanadi va biz ro’za tutishni boshlaymiz. Bomdod namozini ham 
o’sha paytda o’qiymiz. Shu sababdan ham olimlar «Mukofot va’da qilingan namoz 
bomdod namozining boshidagi ikki raka’at sunnatidir», – deganlar. 
Hadisi shariflar ishroq namozini o’qishlikni tavsiya qiladi. Ba’zi hadisi shariflar ishroq 
namozining o’qilishi inson rizqining ortishiga sabab bo’lishini bayon etadi. 
«Bir insonning atroflarni kezib, rizq talab etishidan ko’ra, bomdod namozidan keyin 
masjidda o’tirib, shunday ibodat qilishi unga yanada ko’proq rizq keltiradi», – degan 
rivoyatlar ham bor. Chunki, insonga Alloh beradi. Hamma boy bo’lishni xohlaydi. Ammo 
bo’lmaydi. Hamma qornini to’ydirishni xohlaydi, ammo to’ydirolmaydi. Hamma mo’l-ko’l 
barakani xohlaydi, ammo Afriqodagi insonlar ochlikdan qirilayapti. 
Yomg’irni yog’dirgan, o’tlarni o’stirgan, rizqni bergan Alloh taolo bo’lganligi uchun va 
musabbibul asbob ekanligi tufayli banda Xudovandi karimning roziligiga mufoviq harakat 
qilsa, u zot albatta rizqining kafolatini beradi. 
Inson ko’chaga chiqib, oldi-sotdi qilsa, shu yerdan mol olib, boshqa joyga olib borib 
sotsa, uyda bola-chaqam bor, ularning rizqini ta’minlashim kerak, deb harakat qilsa
muhaqqaq tijorat qilgan bo’ladi va foyda qo’lga kiritadi. Biroq masjidda shunday ibodat 
qilganida esa Alloh taoloning yanada ko’proq rizq beraman, degan va’dasi bor. 
Parvardigorning va’dasi haqdir, aytganini bajaradi. Razzoqi olamdir. Hatto yerdagi 
o’rgimchakka rizqni qanoat qilib yuborib turadi. O’rgimchakning rizqi yerto’laga kirib 
boradi va uning ozuqasiga aylanadi. 
Buyuklarimizdan shunday hikmat rivoyat qilinadi: 
«Agar inson Alloh so’ragan, talab 
qilgan bandalikni unutib, rizq topish dardida ibodatni tark etsa, bu uning ko’zi 
ko’rligining alomatidir».
«Senga yozib qo’yilgan, kafolatini berib qo’ygan rizq ortidan yugurishing, (va taqsi’ruka 
amman tuliba minka) va sendan talab etilgan qullik vazifalarini tark etishing, (dali’lun 
alan timasil basi’rati anka) basiratingning yopiqligi alomatidir».
Ey inson! Sen Allohning amrini tut, Alloh senga nimalarni bermaydi. Avval Alloh 
buyrug’ini bajar keyin boshqa ishlaringni ado qil! Alloh taolo talab qilgan shaklda 
bajarishlik oqil insonlarning foydasidir. Namoz vaqtida namoz, uyqu vaqtida uyqu, ish 
vaqtida ish. Har narsaning vaqtini bilish lozim. 
Insonlar esa aksini qiladilar: uyqu vaqtida qimor o’ynaydilar, ish vaqtida uxlaydilar
ibodat vaqtida ishlaydilar. Ba’zan orada dinimizning amrlarini ham bajarib turadilar. 
Xo’sh, biz nima qilishimiz kerak? Kunimizni Allohning rizoligiga muvofiq tarzda tartibga 
keltirishimiz lozim! Bizning kunimiz tahajjud namozi bilan boshlanadi. Chunki: 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
91
«Kechasi o’qigan ikki rakat namoz, dunyodan va dunyodagi hamma narsadan 
xayrliroqdir», – deb buyuradilar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Va Qur’oni 
karimda, 
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin