Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
Bu haqiqatdan ham bir yo’lchilikdir... Haqiqatan ham biz o’sha tomonga – oxiratga qarab
safar qilayapmiz. Shu bois yo’l uzoq bo’lganligi uchun, bizlarga oziqlanmog’imiz lozim
bo’lgan g’izolar, va yo’l ashyolarining zarurligi aytilmoqda.
«Ajabo, yo’l ashyosi, ozuqasi nima ekan?» – deb so’rasangiz darhol xotiramizga oyati
karima keladi:
«Va (haj qilish uchun yo’lga zarur ozuqa bilan) ta’minlanib oling! Eng yaxshi
ozuqa (ya’ni o’zingiz bilan birga bo’lishi lozim bo’lgan eng yaxshi narsa)
Allohdan qo’rqishdir».
Bu oyatda «Yo’l ozuqasini tayyorlanglar ey mo’’minlar. Ey
inson! «Yo’l ozuqasining eng xayrlisi taqvodir»,» – deya ta’kidlanmoqda. Modomiki,
yo’lchilik uchun bizga zodu g’izo lozim ekan, (zod ham Qur’oni karim ifodasi bilan taqvo
degani), uni qaerdan olamiz?
Ramazon aynan mana shu ozuqani tayyorlash oyidir. Chunki bu oyda ro’za tutishni
bizlarga farz qilgan Rabbimiz buyuryaptiki:
Dostları ilə paylaş: