www.ziyouz.com kutubxonasi
71
darslarimiz bir kunga to’g’ri kelib qolardi. Hozir huquqshunos-professor, lekin ishni
prokurorlikdan boshlagan ekan. Prokuror bo’lganligi uchun odam o’ldirish va boshqa
shunga o’xshash turli jinoyatlarni rasmiylashtirishda qatnashgan. Bir kuni 18-20
yoshlardagi suzish bo’yicha chempion bo’lgan yosh bir yigit cho’kib o’libdi. Prokurorni
shunga chaqirgan ekanlar. U yerga Istanbul morgi (o’lik xonasi)dan mashhur bir olmon
professori ham boribdi. Haligi olmon professorining yonidagi talabalari domlalariga
qarab:
«Suv ostida ichiga havo kirib tiqilib o’lgan», – debdilar.
Olmon professori esa:
«Yo’q! Havo tiqilganda chempion o’zini tutib olardi, cho’kmasdi», – debdi.
«U holda qanday qilib o’lgan?» – deb talabalar so’rashibdi.
«Barmoqlariga qarang! Bu sigaretning ashaddiy bangisi» – deb javob beribdi. Sigaret
ushlagan joylari jigarrang, to’qrang bo’lib qolgan. Sigaretning tutuni o’sha joylarga ta’sir
ko’rsatgan».
«Xo’sh, qanday o’lgan ekan?»
O’likning ko’kragini yorib, o’pkasini chiqaribdilar. Professor do’stim tushuntiryapti:
«O’pkani tashqariga olganlarida, uning pastki qismi qop-qora, yuqorisi esa jigarrang
bo’lib qotgan. Shunday bir siqqan edi, undan munchoq-munchoq mum sizilib oqdi».
Shunda olmon professori: «Qaranglar, bu yigit o’pkasini sigaret tutuni bilan to’ldiribdi.
Suzayotgan paytda, vujudning kislorodga ehtiyoji ortib boradi, chunki hamma a’zo
harakatga kiradi. Shunda, o’pka vujudga lozim bo’lgan kislorod miqdorini yetkazib
berolmagan. Harakat qilgan, biroq kislorodsizlikdan o’lgan», – debdi.
Chekadiganlaringiz bo’lsa, bundan ibrat olsin.
Aziz va muhtaram birodarlarim! Shu bir oy davomida gunohlardan, yomonliklardan,
makruhlardan voz kechishni o’rganaylik.
Bir hadisi qudsiyda aytiladiki: «Gunoh qilgan paytingda uning kichikligiga emas, kimga
qarshi qilinganiga qara!». Allohga qarshi qilingan bo’lsa, uning kichikligi qolmaydi. Inson
ramazon oyida barcha kichik va katta gunohlardan saqlanishi lozim.
Bir hadisi qudsiyni o’qiyman. Unda do’zaxga kiruvchilar sanab o’tiladi.
«Ey Odam farzandi!». Biz hammamiz aka-ukalarmiz, chunki otamiz Odam alayhissalom.
(Ma haza’n – nira’nu). «Bu olov shular uchundir», – deb gunohkorlarni, qusurlilarni
sanashni boshlaydi, esingizda saqlang:
1. (Illa’ li kulli a’qqil va’lidayn). Ota-onasiga osiy bo’lganlar uchun.
Agar oralaringizda ota-onasi bilan arazlashib qolganlar bo’lsa, borsin-da qo’lini o’pib,
yarashsin! Ota-onangizning ko’nglini oling! Chunki ota-onasiga osiy bo’lgan
jahannnamga otilar ekan. Do’zax ular uchun hozirlangan ekan.
Bilasizmi, ota-onaga sarf etiladigan xarajatlarning biriga yetti yuz qaytariladi. Jihodga
sarflangandek qiymatli. Shuning uchun ota-onangizning ko’nglini oling!
Bir kun fakultetdagi bir talabam yonimga keldi. Eshikni taqillatib: «Kirish mumkinmi?» –
deb so’radi.
«Kiring!» – dedim.