www.ziyouz.com kutubxonasi
73
«Nima uchun?»
«E o’g’lim, xaridor kelmayapti. Aroqqa o’xshash ichkiliklar bo’lsa, mast-alastlarni
tutamiz, keladilar, pullarini olamiz. Ichkiliksiz do’konda foyda topib bo’lmaydi».
«Ota! Aroq qo’ymoqchi bo’lsangiz, ruxsat bering, men uydan chiqib ketaman! Chunki,
haromdan topilgan luqmani og’zimga ham ololmayman! Mening uydan ketmasligimni
xohlasangiz, aroq qo’ymang!»
Ba’zan otalar noto’g’ri yo’lda bo’ladi, farzand to’g’ri yo’lga solib qo’yadi. Ba’zan farzand
yosh bo’ladi, boshida har xil fikru xayollar kezib yuradi. Ota-onasi to’g’ri yo’lda bo’ladi va
farzandlarini to’g’ri yo’lga kiritishga harakat qiladilar. Ammo, farzand gapga kirmasdan,
ota-onasini ranjitadi va osiy bo’ladi. Buni nima deydilar? Aqil validayn – ota-onasini xafa
qilgan, ota-onasiga osiy bo’lgan... Ana o’sha jahannamga ketadi.
2. (Va likulli baxi’lin). Xasis, baxil bo’lganlar ham jahannamga kiradi.
– Baxillikning haddu chegarasi, o’lchovi qanday, ustoz? Hamma ham cho’ntagidan
chiqarib pul bera olmaydi, oson emas. Pul degani jonday aziz narsa, inson sevadi uni.
Cho’ntagida puli bo’la turib, yana xohlayveradi. Bunday baxillikni qanday qilib bartaraf
etish mumkin?
– Baxillikdan, xasislikdan qutulishning yo’li zakot. Zakotini bergan, baxillikdan oqlanadi.
Zakotini bermagan esa xasisdir. Demak, baxillikdan qutulishning eng oddiy chegarasi bu
– zakot berishdir.
Zakotingizni ramazonda berishga harakat qiling! Ramazonda bersangiz, savobi 70
martaga oshadi. Ammo bir narsani unutmang. Zakot – saxiylikning eng quyi darajasi.
– Yuqorisi nima ekan?
– Yuqorisi hamma narsasini Alloh uchun bermoqlikdir.
– Bu ishni bajargan kishi bormi o’zi dunyoda?
– Bor, albatta. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu hamma narsasini berdi.
Hazrati Umar raziyallohu anhu ham yarmini berdi. Hazrati Umar raziyallohu anhu:
«Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam biror xayr ishni buyursalar, Hazrati Abu Bakr
mendan o’tib ketadi. Bu safar shunday ko’p berayinki, Abu Bakrdan o’tib ketayin!» – deb
o’ylabdi va molining yarmini Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga berishga ajratibdi.
Bir mahal kelib eshitsalarki, Hazrati Abu Bakr bor-budini beribdi, hech narsasi qolmabdi.
Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam so’rabdilar:
«Bolalaringga nima qoldirding, ey Abu Bakr?»
«Alloh va Rasulini qoldirdim», – deb javob qaytaribdi. Demak, inson siddiq bo’lsa, imoni
o’sha martabada bo’lsa, hamma narsani –jonini ham jon-jon deb beradi.
3. (Va namma’min). Nammam – gap tashuvchi, orani buzuvchi degani. Uning aytganini
bunga, buning aytganini esa unga aytib, orani buzadi. Bunday gap tashuvchilar ham
jahannamga kiradi.
4. (Va muroi). Muroi ham jahannamga kiradi. Muroi nima degani? Oxirat amallarini
dunyo manfatini saqlab qolmoq uchun xo’jako’rsinga qilish. Ya’ni birovlar, ko’rsin deb
riyo uchun ixlossiz qilingan amal.
5. (Va ma’ni’iz zaka’ti). Ya’ni zakotga mone’lik, to’sqinlik qiluvchi. Zakotini bermaydigan
ham jahannamga kiradi. Ammo zakotga mone’lik, to’sqinlik qiluvchi kishining gunohi
undan ham og’ir. Ba’zi insonlar boshqalarning berayotgan zakotiga mone’lik, to’sqinlik