www.ziyouz.com kutubxonasi
65
Bi hurmati asrori suratil fotiha.
10 fevral 1995/ 10 Ramazon 1415 «JAHANNAMGA KIRADIGANLAR» A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu aziz va muhtaram birodarlar!
Alloh taolo ro’zalarimiz, namozlarimiz, ibodatlarimizni qabul aylasin. Dunyo va oxiratdagi
murod-maqsadlarimizga noil qilsin.
Sizlarga bu xufton namozidan keyin ikki oyati karima va bir hadisi qudsiyni tushuntirib
bermoqchiman.
Alloh taolo qator oyati karimalarida bizlarga taqvoni amr etmoqda. «Muttaqiy qul bo’ling,
taqvo ahli bo’ling, taqvoga ergashing, taqvoni shior qiling!» – deb bizdan taqvoni talab
qilyapti. Xudovandi karim «Hashr» surasida shunday buyuradi.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m. Bu oyatni ilgari ham sizlarga eslatib, sharQlab berganman.
«Ey mo’’minlar, Allohdan qo’rqinglar va har bir jon erta (Qiyomat kuni) uchun nimani (ya’ni qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo’rqinglar! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir». Bugun degani – shu doril-dunyodagi hayotimiz. Ertaga degani – oxirat. Kishi bu dunyoda
oxirat uchun nimani hozirlagan bo’lsa, o’shani qarasin! Oxiratga nimani yuboryapti,
nimani taqdim etmoqda? U yerga nimalarni tayyorlayapti?
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir o’xshatish bilan bu masalani izoh etib
o’tganlar:
«Dunyo oxiratning ziroat yeri, paykalidir». Bu yerda oxirat mahsulotlaridan nimani
eksangiz, u yerda o’shani yig’ib olasiz. Hech kim bug’doy ekib, paxta olmaydi. Juda ham
oddiy, qishloqdagi avom ham, olimu fozillar ham tushuna oladigan tarzda, ikki karra ikki
to’rtga o’xshash ochiq haqiqatlar.
«Kishi bu dunyoda oxirat uchun nimalar hozirlayotganiga nazar solsin?» – deb Rabbimiz
amr etmoqda. U holda, biz har kuni qilayotgan ishlarimizga nazar solishimiz, orqaga
o’girilib, bir qarab olishimiz. Har kecha bir hisob-kitobdan o’tkazishimiz lozim!
Ba’zi buyuklar bu ishni o’ta jiddiy tarzda ado etishgan. Qo’liga qog’oz-qalam olib,
kunduzi qilgan gunohlari-yu savoblarini, daftarining savob-gunoh bo’limlariga yozib
borgan.
Hazrati Umar raziyallohu anhu tavsiya qilyaptilar:
«Oxiratda hisob-kitobga tortilmasdan turib, o’zingizni hisob-kitob qiling!»