www.ziyouz.com kutubxonasi
62
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
«Ko’zlar ham zino qiladi», – dedilar. Ko’z zinosi nima? Qaralishi mumkin bo’lmagan
ayollar, nomahram avrat a’zolarga qarash. (Val yada’ni tazniya’n). «Qo’llar ham zino
qiladi», – deydilar. Qo’llar ham saqlanishi, haromga tegmasligi, harom narsalarni
bajarmasligi lozim! Ayniqsa, ko’zdan bo’ladigan zinodan qattiq saqlanish darkor!
Ko’z zinosi qanday bo’ladi? Bunga ba’zan gazeta va jurnallar sabab bo’ladi. Men bugun
kelishimda birodarlarimizga ba’zi gazetalarni olmang, dedim. Yana bir nechasini
o’chiraman va bularni ham olmang, deyman. Ammo hayotni bilish, voqealarni eshitish
uchun uch-to’rt dona gazeta olish kerak. Domla bo’lganligimiz uchun sizlarga biror narsa
tayyorlash maqsadida ba’zi gazetalarni sotib olamiz. Bitta gazetada bir erkakning bir
erkak bilan tushgan tasviri bor. Bu juda ham qo’rqinchli narsa! Bundan tashqari,
yalang’och ayollarning rasmlari borki, bular fojiali narsalar. O’sha jaridalarning bir qismi
aynan shu narsani o’z vazifasi deb biladi. Ular axloqsizlikning eng yomon shaklini
reklama qiladilar. Odamlar bu jaridalarni olsin deb, odamlarning qitig’iga tegadigan
mavzularni oldinga suradilar. Diniy nuqtai nazardan esa, bularning barchasi zinoga
kiradi, haromga olib boradigan narsalar.
– Xo’p bo’ladi, domla, o’sha gazeta-jaridalarga qaramaymiz! Gazeta peshtoqlariga
qaramasdan, to’g’riga qarab o’tib ketamiz!
– Yaxshi, lekin uyingdagi televizor nima bo’ladi? Uydagi televizorlar tufayli ham
musulmon katta zararlarga kirib ketayapti.
Kecha Ko’nyada va’z o’qiyotganimda, qog’ozga savollarni yozib jo’natibdilar:
«Domla! Televizori bo’lgan uydan imonli o’lik chiqmaydi, demoqdalar. Shu to’g’rimi?»
«Yo’q, unchalik emas. Allohning ishiga hech kimsa aralasholmaydi! Imon masalasi... U
qadar ham deya olmaymiz, lekin televizorning tahlikasi ham oz emas», – deb aytdim.
Esimda bor. Anqaraga va’z o’qigani borgandim. O’sha kechasi Mahmud Alining «32-kun»
degan ko’rsatuvida asli yunonli bo’lgan pop-musiqachi Yusuf Islomning lavhasi, reportaji
bor edi.
Men Yusuf Islom bilan tanishdim. Istanbulda kasal bo’lib yotganimda ziyoratimga keldi.
Alloh rozi bo’lsin. Mojarosini ham bilaman. Yaxshi, ixlosli musulmon, mendan uzun soqoli
bor. Egnida jubba, boshida salla bilan yuradi. Uni ko’rgan kishi beixtiyor «Bu bizning
qoradengizli mullalardan», – deb o’ylaydi. Ya’ni shu qadar e’tiqodi sog’lom bir musulmon
birodarimiz.
Qanday qilib musulmon bo’libdi? Dengizda cho’kib ketib, bo’g’ilib qolib: «Yo Rabbim!
Agar meni o’ldirmasang, bundan keyin senga yaxshi ibodat qilaman. Haq din ustida
senga chiroyli qullik qilaman», – deb aytibdi. Alloh bir vasila bilan uni qutqazibdi.
Qutilibdi. U esa bergan so’zini unutibdi.
Inson farzandi shunday, muhtaram birodarlarim! Zilzila bo’lsa, hamma duo aytishga
tushadi, tugashi bilan yana unutadi. Urush bo’lsa, Qibrisga yuborish boshlansa, kimning
qanday bo’lishini hammangiz yaxshi bilasiz.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
Gazeta-jurnallarning, radiolarning havosi o’zgaradi. U tugashi bilan din va imonga
bo’lgan munosabat kamayadi. Kemaga mingandan keyin, to’lqinlar kemaga urila
boshlashi bilan: