www.ziyouz.com kutubxonasi
102
tashuvchidir, uning yolg’onini bunga yetkazadi, josusga o’xshaydi xuddi... U yerdan-bu
yerga xabar yetkazadi, bu yerdan esa u yerga... Shuning uchun ham azob chekadi.
Ikkinchisi esa, kichik tahorat ushatayotganda, siydikdan ehtiyot bo’lmasdi», deyiladi
ta’rifda... «Endi bularga yangi novda keltiring, deydilar. Yangi novdani ikkiga bo’ldilar.
Birisini bir qabrning ustiga, ikkinchisini narigi qabrning ustiga sanchib qo’yadilar. «Endi
bu tayoqlar quriguncha ular azob chekmaydilar».
Demak, bu hadisi sharifdan shuni tushunamizki, mo’’min bo’lgani bilan yomon xulq va
odatlari bo’lsa, qabrda azob chekadi.
Yashirin gunoh qilganlari uchun ba’zi insonlar jahannamning ilgaklariga ilib qo’yiladilar.
Ba’zilar esa Mahkamayi Kubroda hisobi buzuq chiqqanligi uchun, gunohlari savobidan
ko’p bo’lganligi uchun, gunohlarining jazosini tortmoq uchun jahannamga kiradilar.
Yana bir hadisga ko’ra, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sahobalardan so’rabdilar:
«Muflis kimdir?»
«Tijorati o’lgan, do’koni talon-taroj bo’lgan, qo’lida biror narsasi qolmagan kishiga muflis
derlar», – dedilar.
Aytdilarki:
«Asl muflis Mahkamayi Kubroga, tarozining boshiga tog’lar kabi savoblari bilan keladi.
Namoz o’qigan, ro’za tutgan, sadaqa bergan, xayr-hasanot qilgan... Hisobi
qilinayotganda o’zida haqqi va oladigani bo’lgan kimsalar qarshisiga keladilar:
«Yo Rabbiy, bunda bizning haqqimiz bor, haqqimizni istaymiz», – deydilar va oladilar.
Butun savoblari ularga berilib, o’zida qolmaydi. Yana keladilar haq so’rovchilar:
«Yo Rabbiy, bizning haqqimiz ham bor bunda! Savobi qolmadi-ku, nima bo’ladi endi?..»
«Siz gunohlaringizni tashlang!»
Savob olmagach, bu safar gunoh berish yo’li bilan haqlarini olgan bo’ladilar. Butun
gunohlar u yerga to’kila boshlaydi. Hisobi tugaganda, mezonning boshiga tog’lar kabi
savob bilan kelgan kishi oxirida tog’larday gunohlar bilan jahannamga uloqtiriladi».
Bundan chiqadigan xulosa shuki, oxiratda yoqamizga insonlar yopishadigan ahvolga
tushmaslik uchun harakat qilishimiz lozim! Savoblarimizni oxiratda talon-taroj
qildirmasligimiz uchun tirikligimizda har kimning haqqini berishligimiz lozim! Hech kimga
azob, jabru zulm qilmaslikka harakat qilishimiz lozim!
Ba’zi mo’’minlar hisobi to’g’ri bo’lmagani, gunohlar yiqqani uchun jahannamga kiradi va
u yerda lov-lov yonadi. Hatto butlarga sig’inganlar ham ularni masxara qilarkanlar:
«Qarang, musulmon bo’lishligingiz sizga foyda qilmadi. «La’ ila’ha illalloh» dedingiz,
ammo baribir jahannamda yonmoqdasiz», – deydilar.
Bir hadisi sharifda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilarki: «Ey mo’minlar,
ey musulmonlar! O’zingizni jahannamdan asrang! Jahannamga tushmaslikka g’ayrat
ko’rsating, ehtiyot bo’ling... Jahannamga bir tushsangiz u yerda ahqoban qolasiz».
Ahqoban so’zi Amma surasida keladi:
Ichishga narsa topolmaydilar. Guvullab ich-tashlari yonadi, azobga uchraydilar. U yerda
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi
103
ahqoban qoladilar.
Ahqoban huqublar deganidir. Huqub 83 yil degani. Arabchada 83 ni huqub deydilar. Eng
kamida uch huqub bo’ladilar. Ya’ni, uchta sakson uch ikki yuz ellik yil degani.
Jahannamga bir kirgan eng kamida 250 yil azob chekadi. Hatto oyati karimada ham bu
haqda marhamat qilingan.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.