Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
yer yuzida (hozir tirik) kishilardan birontasi qolmaydi»,— dedilar».
Ibn Abbosdan: «Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish xolam Maymunaning uylarida
yotib qoldim. Rasululloh sollallohu alayx va sallamning ham xolamnikida bo‘ladigan
kechalari ekan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz bilan xuftonni o‘qib bo‘lgach,
uylariga kirib, to‘rt rak’at namoz o‘qidilar, keyin uyquga yotdilar, keyin turib: «Bola
uxlab qoldimi?»—dedilar yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar. Keyin namoz o‘qishga
turdilar, men chap yonlariga kelib turdim. Meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar.
Avval 5 rak’at, keyin 2 rak’at namoz o‘qidilar, keyin mizg‘idilar,
hatto men
pishillaganlarini eshitdim. Keyin turib namozga chiqib ketdilar».
43-bob. Ilmni (xadisni) yod olish
Al-A’raj bu xususda bunday deydilar: «Abu Hurayra hadisni ko‘p aytadi», deyishadi.
«Agar Allohning Kitobi (Qur’on)da ikki oyat bo‘lmaganda edi, bitta ham hadis aytmas
edim»,—
degan edilar Abu Hurayra, keyin oyatning «Biz nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlar va
hidoyatni yashirganlar»... degan joyidan to «ar-Rahim» degan so‘zigacha o‘qigandilar
(mazkur oyatda ilmni berkitgan odamlarni Alloh taolo mazammat qiladi — qoralaydi).
Muhojir birodarlarimiz bozorlarda bor-baraka qilish bilan ovora edi, ansoriy
birodarlarimiz esa, o‘z xo‘jaliklaridagi ishlar bilan band edi.
Abu Hurayra esa Janob
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ortlaridan qolmas edi. Qornini bir to‘yg‘azib
olib, ular (muhojirlar, ansoriylar) hozir bo‘lmagan joylarda Abu Hurayra hozir bo‘lar edi.
Ular yodlamagan narsalarni (hadislarni) Abu Hurayra yodlar edi».
Abu Hurayra bunday deganlar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo
Rasulalloh, men sizdan ko‘p hadis tinglayman-u, ammo unutib qo‘yaman»,— dedim.
Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari bilan (suv hovuchlagandek)
Allohning fayzu barakotidan (choponimga) hovuchlab soldilar, keyin: «Bag‘ringga
bos!»— dedilar. Men bag‘rimga bosdim, shundan keyin hech narsani (hadisni) esimdan
chiqarmaydigan bo‘ldim».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «ikki idish»
(narsa)
yod oldim, bittasini sochdim (odamlarga aytdim), ammo ikkinchisini agar
sochadigan bo‘lsam (aytsam), mana bu halqum kesiladi»,— dedilar (birinchisi hadislar
edi,
ikkinchisi esa, kelajakda bo‘ladigan fitnalar to‘g‘risidagi xabarlar edi).
Dostları ilə paylaş: