Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
49
63-bob. Yosh bolalarning siydigi to‘grisida
Oisha Umm ul-Mu’minin raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh
sollallohu alayhi va
sallamga bir emizikli bolani keltirdilar. Bola Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
kiyimlariga siyib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirib,
siydik tekkan
joyga quydilar.
Ummu Qays binti Muhsin emizikli o‘g‘ilchasini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
qo‘llariga berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bolani qo‘ynilariga o‘tqazdilar. Bola
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga siyib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu
alayhi
va sallam suv oldirib keltirib, siydik tekkan joyga quydilar, yuvmadilar (qiz bola
bo‘lsa, yuvmoq lozimdir)».
64-bob. Tik turib va o‘tirib siymoqniig hukmi
Huzayfa raziyallohu anhu bunday rivoyat qilganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam bir qavmning chiqindilar (axlat) tashlaydigan joyiga kelganlarida
tik turib peshob
qildilar (o‘tirishga joy topilmagan chog‘da joizdir). Keyin: «Suv keltirgin!» — dedilar. Suv
olib keldim, tahorat oldilar».
65-bob. Hamrohining yonida peshob qilmoq va hamroxi uni pana qilib turmog‘i
Huzayfa raziyallohu anhu bunday deganlar: «Esimda, Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam bilan birga aylanib yurganimizda bir qavmning devor orqasida joylashgan
axlatxonasi oldiga kelib qoldik.
Rasululloh, har biringiz tik turib peshob qilganingizdek tik
turib peshob qildilar. Men shunda u kishidan chetlangan edim,
menga ishora qildilar,
men u kishini bo‘shagunlaricha pana qilib turdim».
Dostları ilə paylaş: