Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jimo’dan so‘ng g‘usl qilganda qo‘lda qolgan suvni silkitmoq



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/490
tarix27.10.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#66503
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   490
al jome as sahih 1

18-bob. Jimo’dan so‘ng g‘usl qilganda qo‘lda qolgan suvni silkitmoq 
Maymuna raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (begona 
ko‘z tushmasligi uchun) kiyim bilan to‘sib turib, g‘uslga suv quyib berdim. Avval qo‘llarini 
yuvdilar, so‘ng o‘ng kaftlaridagi suvni chap kaftlariga qo‘yib, mustahab qildilar. Keyin 
qo‘llarini yerga ishqalab, yuvib tashladilar, og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, 
ikki qo‘llarini tirsagigacha yuvdilar, boshlari va butun badanlariga suv quydilar. Keyin 
o‘rinlaridan turib, chetga chiqdilar-da, oyoqlarini yuvdilar. Sochiq uzatdim, olmadilar, 
qo‘llarini suvini silkitib chiqib ketdilar» (Qo‘lning suvini silkitishning halolligiga bu hadis 
dalildir. «Lekin zarurat bo‘lmasa, silqitmaslik kerak»,— deydilar Qastaloniy).
19-bob. G’uslni o‘ng tomondan boshlamoq 
Oisha raziyallohu anho dedilar: Birontamizga g‘usl lozim bo‘lib qolsa, qo‘lga suv olib, 
boshga 1 marta quyar edik. Keyin qo‘lga suv olib, avval o‘ng yelkaga, so‘ng chap 
yelkaga quyar edik».
20-bob. Xilvatda yalang‘och cho‘milmoq mumkinmi? Xilvatda panada 
cho‘milmoq afzaldir! 
Bahz ibn Hakimning bobosiga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday degan 
ekanlar: «Alloh taolo kishining odamlardan ko‘ra, o‘zidan hayo qilishlariga haqliroqdir» 
(ya’ni, odamlardan ko‘ra, Allohdan uyaling, odamlardan o‘zni pana qilish mumkin-u, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
lekin Allohdan o‘zni pana qilib bo‘lmaydi, u baribir ko‘rib turadi). 
Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb 
aytganlar, deydilar: «Bani Isroil qavmi bir-biriga qarab yalang‘och yuvinaverardi. Muso 
alayhissalom yolg‘iz o‘zlari yuvinar edilar. Shuning uchun ham: «Musoning biz bilan 
birga yuvinmog‘iga faqat uning dabbaligi mone’lik qiladi»,— deyishdi. Bir kuni Muso 
alayhissalom yuvingani borib, kiyimlarini bir tosh ustiga yechib qo‘ygan edilar, tosh 
kiyimlarini (Allohning amri bilan) olib qochdi. Muso alayhissalom: «Ey tosh, kiyimimni 
ber, kiyimimni ber!»—deganlaricha ketidan quvib ketdilar. Shu fursatda Muso 
alayhissalomning yalang‘och badanlariga ko‘zi tushgan Bani Isroil qavmi: «Allohga 
qasamki, Musoda hech ayb (jismoniy ayb) yo‘q ekan»,— dedi. Muso alayhissalom 
kiyimlarini olib, toshni do‘pposlay ketdilar». «Allohga qasamki, o‘shanda u kishining 
zarblaridan toshda 6 yoki 7 ta darz paydo bo‘lgandi»,— deydilar Abu Hurayra. 
Abu Hurayra raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytib 
bergan ekanlar: «Ayyub alayhissalom yalang‘och yuvinayotgan edilar, ustlariga tilla 
chigirtka qo‘ndi. Ayyub alayhissalom (chigirtkani) kiyimlariga yashira boshladilar. 
Shunda Alloh taolo nido qilib: «Ey Ayyub, seni ko‘rib turganingga (tilla chigirtkaga, ya’ni 
boylikka) ehtiyojsiz qilmaganmidim?!» —dedi. «Izzating haqqi, ha, ehtiyojsiz qilgansan, 
ammo men sening barakotingdan benasib emasman»,— dedilar Ayyub alayhissalom». 
(Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu rivoyatni aytganlari bejiz emas. Bu yerda 
yalang‘och cho‘milishdan uyalgandan ko‘ra, boylikka ruju’ qilishdan uyalmok kerak 
degan ma’no yotadi).

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin