Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Takbir toq, «Qad qomat-is-salot» juftdir



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

3-bob. Takbir toq, «Qad qomat-is-salot» juftdir
Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azon so‘zlarini juft-juft qilib, takbir so‘zlarini ersa toq 
aytmak buyurildi»,— deydilar. Ismoil: «Ushbuni Ayyubga aytgan erdim, «Lekin, Qad 
qomat-is-salot» juft aytiladir» — dedi»,— deydilar. 
4-bob. Azon aytmakning fazilati
Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Namozga azon aytilgan kezda shayton orqasidan yel chiqarib, to azon 
eshitilmaydirgan yergacha qochg‘aydir. Azon aytib bo‘lingach, tag‘in qaytib kelg‘aydir. 
Takbir aytilmog‘i birlan yana orqasiga qochg‘aydir. Muazzin takbir aytmakni tugatgach, 
namozxonlarning diliga g‘ulg‘ula solmak uchun tag‘in qaytib kelg‘aydir. Shayton: «Falon 
narsani eslag‘il, piston narsani eslag‘il»,— deb namozxonning namozdan oldin esiga 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
123
kelmagan narsalarni eslatg‘aydir, hatto namozxon necha rak’at o‘qiganini bilmay 
qolgaydir»,— deganlar». 
5-bob. Baland ovoz birlan azon aytmoq
Umar ibn Abdulaziz: «Azonni aniq, baland ovoz birlan, ohangga solmasdan aytg‘il, agar 
shundoq qilmassen, bizga muazzinlik qilmoqqa yaramassen!» — deganlar. 
Abdurrahmon ibn Abdullohga bobolari quyidagi hadisni aytib bergan erkanlar: «Abu 
Sa’id al-Xudriy menga: «Nazarimda, sen qo‘yni va dalani yaxshi ko‘radirgan 
ko‘ring‘aysen, agar qo‘y boqayotgan ersang yokim shunchaki dalada ersang-u, namozga 
azon aytsang, azonni baland ovoz birlan aytg‘il, chunkim past ovoz birlan aytsang
uzoqdagi xoh jin, xoh inson, xoh jonli va xoh jonsiz narsa bo‘lsin, tovushingni eshitmay 
qolg‘aydir. Ular qiyomatda sening azon aytganingga guvohlik berg‘aydir»,— degandilar. 
Abu Sa’id al-Xudriy: «Buni men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 
eshitgandim»,— deydilar». 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin