www.ziyouz.com kutubxonasi
107
104-bob. Ayolning orqa tarafida nafl namozi o‘qimoq Oisha onamiz bunday degan edilar: «Oyog‘imni uzatib yotgan erdim, Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam kelib oyoq tomonimda namoz o‘qiy boshladilar. U kishi sajda
qilayotganlarida meni turtib qo‘yardilar, men oyog‘imni yig‘ishtirib olardim, qiyomga
tursalar, uzatib yuborardim. O’sha paytlarda uylarda chiroq bo‘lmas erdi».
105-bob. Namozxon oldidan har qanday narsa o‘tsa ham, namoz buzilmaydir, deydiganlarning dalili Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Ollohga qasam ichib ayturmankim, Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida o‘rin-to‘shakda u kishining qibla
tomonlarida yonboshlab yotgan erdim. O’rnimdan turib ketay desam, u kishiga qibla
bo‘lib qolib, ozor berib qo‘yg‘ayman. Shunda sekingina o‘rnimdan sug‘urilib chiqdim-da,
oyoqlari yonidan o‘tib ketdim».
Ya’qub ibn Ibrohimdan akasining o‘g‘li Ibn Shihob namozni buzadirgan narsalar
to‘g‘risida so‘rabdir. Shunda Ya’qub ibn Ibrohim: «Namozni hech narsa buzmaydir», —
deb javob beribdir.
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib
namoz o‘qir erdilar, men esam u kishining qibla tomonlarida o‘rin-to‘shakda uzala tushib
yotar erdim».
106-bob. Namozxon namoz o‘qiyotib yelkasiga qizchasini mindirib olsa... Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning
qizchasini (nabiralarini) bo‘yinlariga mindirib olib namoz o‘qir erdilar. Sajda qilsalar,
tushirib qo‘yar erdilar, qiyomga tursalar, ko‘tarib olar erdilar» (bu — shofi’iy, hanafiy va
hanbaliy mazhablarida farzda ham, naflda ham joiz, ammo molikiy mazhabida faqat nafl
namozdagina mumkin hisoblanadir).
107-bob. Kishi hayz ko‘rgan ayol yotgan ko‘rpaga qarab namoz o‘qisa, karohiyati bormi? Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Mening o‘rin-to‘shagim Rasululloh sallallohu alayhi
va sallamning namoz o‘qiydirgan joylari ro‘parasida erdi. Ehtimol, men o‘rnimda
yotganimda kiyimlari menga tegib ketgandir».
Yana Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz
o‘qir erdilar, men ersam hayz ko‘rgan holimda yonginalarida uxlab yotar erdim. Sajdaga
borsalar, kiyimlari menga tegar erdi».