Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild


§

9
$
#
É
ΟŠ
Ï
m
§

9
$
#
 
 AZON (AYTISH) KITOBI
1-bob. Azon aytishning boshlanishi (tarixi) va Olloh taoloning: «Agar namozga 
azon aytgaydirsiz, mushriklar masxara qilg‘aydirlar, chunkim alar Ollohga 
qilinadirg‘on ibodatga aqli yetmaydirg‘on qavmdir» hamda «namozg‘a azon 
aytilsa, jum’a kunidan boshlab aytilsin!» — degan kalomi sharifi
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «(Janob Rasululloh) odamlarni namozga 
chaqirmoq uchun (avval) o‘t yoqmoq, zang chalmoq lozimligini aytdilar, so‘ng yahudiy 
va nasorolarning ibodatga qanday da’vat qilganliklari eslariga tushib, Bilolga azon 
jumlalarini ikki martadan, takbir jumlalarini ersa bir martadan aytmakni buyurdilar». 
Ibn Umar aytar erdilar: «Musulmonlar Madinaga kelganlarida bir yerga to‘planishib, 
namoz vaqtini belgilab olishur erdilar. Namozga azon aytishmas erdilar. Bir kuni 
namozga chaqirmoq to‘g‘risida so‘zlashib qoldilar. Ba’zilar: «Nasorolar zang chalgani 
kabi zang chalingiz!» — desa, ba’zilar: «Yahudiylar shubbur (karnay) chalgani singari bir 
narsa chalaylik!» — deyishdi. Shunda Hazrat Umar: «Namozga chaqirmoqqa bir kishini 
yubormaysizlarmi?» — dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Bilol, 
turg‘il o‘rningdan, namozga chaqirg‘il!» — deb aytdilar». 
2-bob. Azon jumlalari ikki marta-ikki martadan aytiladir
Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azonning jumlalarini juft-juft qilib, takbirni toq qilib, 
«Qad qomat-is-salot» ni ersa ikki marta aytmak buyurildi»,— deydilar. 
Anas raziyallohu anhu: «Odamlar to‘plangach, namoz vaqti bo‘lganligini biror narsa 
birlan ma’lum qilmak kerakligi haqida so‘zlashdilar. Avval, o‘t yoqmak yokim zang 
chalmak kerak, deyishdi. Shunda Bilolga azonni juft kilib, takbirni ersa toq qilib aytmak 
buyurildi»,— deydilar. 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin