9-bob. «Men azon aytaman» deb talashmoq Bir kuni qavmlar azon aytmakni talashib qoldilar. Shunda Sa’d ibn Vaqqos chek
tashladilar, chekiga tushgan kishi azon aytdi.
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar azon
aytmakning hamda birinchi safda turib namoz o‘qimakning qanchalik savobi borlig‘ini
bilganlarida erdi, hech bo‘lmaganda chek tashlab, o‘z niyatlariga erishgan bo‘lur erdilar.
Agar odamlar jamoat birlan namoz o‘qimakning savobini bilg‘ay erdilar, kim o‘zarga
masjidg‘a rgurib ketgan bo‘lur erdilar. Agar odamlar bomdod birlan xufton namozini
jamoat birlan birga o‘qimakda ne savob borlig‘ini bilsalar erdi, emaklab bo‘lsa ham
borishg‘ay erdilar», — deganlar».
10-bob. Azon aytayotib boshqa so‘zlarni aytib yuborish Sulaymon ibn Surd azon aytayotib boshqa so‘zlarni ham gapirib yubordilar.
Hasan Basriy: «Azon yokim takbir aytayotib kulmoqning zarari yo‘qdir», — deydilar.
Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Yog‘ingarchilik bo‘lib turgan kunlardan birida Ibn
Abbos bizga va’z aytdilar. Muazzin «Hayya ala-s-salot» deb aytayotganda Ibn Abbos uni
to‘xtatib, «Namozni har kim o‘z joyida o‘qisin!» — deb qichqirmakni buyurdilar. Kishilar
ajablanib bir-birlariga qaradilar. Shunda Ibn Abbos: «Ibn Abbosdan yaxshiroq kishi
(ya’ni, Rasululloh) ham shunday qilgandirlar. Bugun jum’a, shunday qilsa bo‘lg‘aydir»,—
dedilar».
11-bob. Ko‘zi ojiz odam, agar unga namoz vaqti bo‘lganligi xabar qilinsa, azon aytish mumkin Solim ibn Abdullohping otalari Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol (bomdod namozi uchun) juda erta azon
aytg‘aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytguncha yeb-ichib o‘tiraveringiz»,— dedilar.
Ibn Ummi Maktum ko‘zi ojiz odam erdi. Biror kishi unga: «Tong otdi, tong otdi» deb
aytmaguncha, azon aytmas erdi».