Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. «Bittangiz azon aytingiz», degan kishi xususida



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

17-bob. «Bittangiz azon aytingiz», degan kishi xususida
Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladirlar: «Qavmimga tegishli bir necha kishi birlan 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylariga keldim. Biz Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam huzurlarida 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam juda 
ham rahmdil va mehribon erkanlar. Ahlimizni sog‘inganimizni ko‘rgach, «Ahlingizga 
qaytingiz, ular birlan birga bo‘lingiz, ularga o‘rgatingiz, namoz o‘qingiz, namoz taqti 
bo‘lsa, bir kishi azon aytsin, ichingizda kattarogingiz ersa imomlik qilsin»,— dedilar». 
18-bob. Musofirlar uchun azon va takbir aytmoq. shuningdek Muzdalifada azon 
va takbir aytmoq; muazzinning sovuq kechada yokim yomg‘irli kechada 
«namozni joy-joylaringizda o‘qingiz», deb azon chaqirmog‘i
Abu Zarr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik. 
Muazzin azon aytmoqchi bo‘lganda, Rasululloh unga: «Salqinlatg‘il (shoshmay 
turg‘il)»,— dedilar. Keyin u yana azon aytmoqchi erdi, Rasululloh yana: «Salqinlatg‘il»,— 
dedilar. Keyin yana azon aytmoqchi bo‘lganida, Rasululloh yana: «Salqinlatg‘il»,— 
dedilar, hatto tepaliklarning soyasi o‘zi barobarligiga keldi. Shunda Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Kunning harorati jahannamdan kelayotgandek»,— dedilar». 
Molik ibn al-Huvayris naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga 
safarga ketayotgan ikki kishi kirib keldi. Rasululloh ularga: «Safarga chiqqanlaringizda 
avval azon aytingiz, so‘ng takbir aytingiz, keyin kattangiz imomatga o‘tsin»,— dedilar». 
Molik ibn al-Huvayris naql qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
uylariga yosh yigitlik vaqtimizda borib, 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam rahmdil va mehribon erdilar. Janob Rasululloh ahlimizni sog‘inganimizni bilib, 
uyimizda kimlarni tashlab kelganligimizni so‘radilar, Biz aytdik» Shunda Rasululloh: 
«Ahlingiz oldiga qaytingiz. Ular birlan birga bo‘lingiz, ularga shari’at hukmlarini 
o‘rgatingiz. Men sizlarga buyurganlarimni ularga ham buyuringiz»,— deb ancha nasihat 
qildilar (ularning ba’zisi yodimdan chiqqan), keyin, «Men nechuk namoz o‘qigan ersam, 
shundok, namoz o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, bittangiz azon aytingiz, kattangiz 
imomatga o‘tsin»,— dedilar». 
Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar sovuq kechalardan birida Dajnonda (tepalik nomi) 
azon aytdilar, keyin bizga: «Joy-joylaringizga borib namoz o‘qingiz, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam azon aytgandan keyin muazzinga: «Safardalig‘ kezingizda sovuq kecha 
yokim loygarchilik bo‘lsa, joy-joylaringizda namoz o‘qingiz» deb aytmoqni 
buyurardilar»,— dedilar». 
Avn ibn Abu Juhayfa otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamni Abtaxda (joyning nomi) ko‘rdim. Bilol kelib azon aytdilar. Keyin, uchi 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
127
nayza hassalarini olib chiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralariga 
sanchib qo‘ydilar, so‘ng takbir aytdilar». 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin