Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Takbir aytilgandan keyin imom biror zarurat bilan band bo‘lmog‘i



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

27-bob. Takbir aytilgandan keyin imom biror zarurat bilan band bo‘lmog‘i 
mumkinmi?
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Namozga takbir aytildi hamki, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam masjidning yonida bir kishi birlan gaplashib turaverdilar, hatto 
(ayrim) namozxonlar uxlab qoldilar». 
28-bob. Namozga takbir aytilgandan so‘ng (birov bilan) so‘zlashmoq
Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sobit al-Bunonyydan namozga takbir 
aytilgandan keyin (birov bilan) gallashgan kishi to‘g‘risida so‘radim. Shunda u: 
«Namozga takbir aytilgandan keyin bir kishi kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni 
gapga tutib qolgandi, deb Anas menga aytgandi»,— dedi». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
129
29-bob. Jamoat birlan namoz o‘qishning vojibligi
Hasan Basriyni onalari mehribonchilik qilib, xufton namozini jamoat birlan o‘qimak 
uchun masjidga borishdan qaytaribdirlar, shunda ul kishi itoat qilmabdirlar. 
Abu Hurayra naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Olloh taolo haqqi-
hurmati, odamlarga «O’tin yig‘ingiz!» deb buyursamu o‘tin yig‘salar, keyin, «Namoz 
o‘qingiz!» desamu bir kishi azon aytsa, ikkinchisi imomlik qilsa, so‘ngra namozga 
kelmagan kishilarning uylariga borib, ustilaridan o‘t yoqib yuborsam! Ollohga qasamyod 
qilib ayturmenkim, jamoat birlan namoz o‘qimoqqa kelmagan o‘sha kishilarning birontasi 
bu yerga (masjidga) kelganda pishirilgan yog‘li go‘sht yokim kalla-pocha yemoqni bilsa 
erdi, albatta xuftonga kelgan bo‘lur erdi»,— dedilar». 
30-bob. Jamoat birlan namoz o‘qimoqning fazilati
Asvad ibn Yazid o‘z jamoatlari birlan namoz o‘qimoqqa ulgurmay qolsalar, boshqa 
masjidga borar erdilar. Anas namoz o‘qib bo‘linganda masjidga keldilar, so‘ng azon va 
takbir aytib, (boshqa) jamoat birlan namoz o‘qidilar. 
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jamoat 
birlan o‘qilgan namoz savobi yolg‘iz o‘qilgan namoz savobidan 27 marta ortiqdir»,— 
dedilar». 
Abu Sa’id al-Xudriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Jamoat birlan o‘qilgan 
namoz savobi yolg‘iz o‘qilgan namoz savobidan 25 marta ortiqdir»,-— deganlarini 
eshitgan erkanlar. 
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Kishining jamoat birlan o‘qigan namozining savobi 
uyida yolg‘iz o‘qigan namozi va bozorda o‘qigan namozining savobidan 25 barobar ortiq 
bo‘lg‘aydir. Bunga kishi yaxshilab tahorat olib, uyidan masjidga faqat namoz 
o‘qiydirman, degan niyatda chiqsagina erishmog‘i mumkindir. Shu niyatda bosgan har 
bir qadamini ko‘tarib ulgurmasidan Olloh taolo uning martabasini bir daraja ko‘targ‘aydir 
va bitta gunohidan kechg‘aydir. Namoz o‘qiyotganida ersa maloikalar uning tepasida: 
«Ilohi, bul bandangni yar'laqag‘aysen, bul bandangga rahm qilg‘aysen!» — deb iltijo 
qilib turishg‘aydir. Qaysi biringiz namoz o‘qiydirman, deb kutib turgan ersangiz, namoz 
o‘qiyotgan hisobida bo‘lg‘aydirsiz»! 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin