www.ziyouz.com kutubxonasi
166
148-bob. Tashahhuddan keyin o‘qishga duo tanlamoq Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga
namoz o‘qiganimizda «Assalomu alallohi min ibodihi. Assalomu alo fulonin va fulonin»
der erdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Assalomu alallohi» demangiz,
chunkim salom — Ollohning ismlaridan, At-Tahiyyotu lillohi vas-salavotu vat-tayyibot,
assalomu alayka ayyu-han-nabiyyu va rahmatullohi va barakotuh. Assalomu alayno va
alo ibodillohis-solihiyn» deb aytingiz. Agar siz shunday deb aytsangiz, osmondagi (yokim
yeru osmon o‘rtasidagi) har bir solih bandaga savobi te'kkaydir (Duoning davomi:
«Ashhadu alla iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu»), undan
keyin duolardan o‘zingizga yoqqanini tanlab olib o‘qiyveringiz»,— dedilar».
149-bob. Peshona va burniga tekkan loyni namozni o‘qib bo‘lmaguncha artmagan kishi Imom Buxoriy: «Humaydning namoz vaqtida peshonaga tekkan narsani (loy, changni)
artib bo‘lmasligiga quyidagi hadisni dalil qilayotganining shohidi bo‘ldim»,— deydilar:
Abu Salama: «Abu Sa’id al-Xudriydan shul tug‘rida so‘radim»,—deydilar. Abu Sa’id al-
Xudriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini,
hatto peshonalariga tekkan loyni namoz tamom bo‘lmaguncha artmaganlarini
ko‘rdim»,— deb javob beribdilar».
150-bob. Namoz o‘qib bo‘lgach, salom bermoq Ummu Salama onamiz Hind binti al-Harsga: «Rasululloh.sallallohu alayhi va sallam
namozda salom berganlaridan keyin ham ayollar ketmay turishardi. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam ham darrov ketib qolmas erdilar»,— deb aytgan erkanlar. «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam, ayollarning erkaklar birlan aralash ketmasliklari, erkaklar
ketib bo‘lgach, bemalol o‘zlari ketmoqlari uchun shunday qilgan bo‘lsalar kerak»,—
deydilar Abu Shihob.