41-bob. Yomg‘ir so‘rashda jum’a namozning o‘zi bilangina kifoyalanmoq Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi»,-dedi.
Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qilib edilar, jum’adan jum’agacha
yomg‘ir yog‘di. Boyagi kishi yana kelib: «Yo Rasululloh, uylar bosib qoldi, ko‘chalar
huvillab qoldi, chorva qirilib ketdi, Olloh taolodan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!»-dedi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, adirlarga, past-tekisliklarga, vodiylarga,
ekinzor va o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!» - deb duo qildilar. Yechilgan kiyim badanni qandoq
tark 'etsa, bulut ham Madina osmonini shundoq tark etdi».
42-bob. Yomg‘ir ko‘p yog‘ib, ko‘chalar huvillab qolganda duo aytmoq Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, (qurg‘oqchilikdan) chorva qirilib ketdi, ko‘chalar
huvillab qoldi, Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam duo qildilar, jum’adan jum’agacha yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bir kishi kelib
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh. uylar buzildi, ko‘chalar huvillab
qoldi, chorva qirildi»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duoga qo‘l
ochib: «Ilohi, tog‘ cho‘qqilariga, adirlaru vodiylarga, ekinzoru o‘tloqlarga yog‘dirg‘il! -
dedilar. Bulut Madinadan «echilgan kiyimdek» chiqib ketdi».
43-bob. Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir so‘raganlarida ridolarini yaxshilab o‘rab olmaganlari to‘g‘risida aytilgan gaplar Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga
chorvasi halok bo‘lganiyu ahli ayolining qiynalib qolgani to‘g‘risida shikoyat qildi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir so‘rab duo qildilar».
Mazkur hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ridolarini yaxshilab o‘rab
olganlari haqida ham, qiblaga qarab duo qilganlari to‘g‘risida ham hech narsa
deyilmagan.