10-bob. Quyosh tutilganda erkaklar birlan birga ayollarning ham namoz o‘qimog‘i Asmo rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutilgan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
xotynlari - Oisha singlimnikiga bordim. Qarasam, odamlar namoz o‘qishayotgan erkan.
Oisha qiyomda turgan vaqtida: «Odamlarga ne bo‘ldi?»-deb so‘radim. U qo‘llari birlan
osmonga ishora qilib: «Subhonalloh»,- dedi. «Azob (qiyomat) alomatimi?»-dedim. «Ha»
degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydi. Keyin, men ham ular birlan birga namoz o‘qishga
tutindim, hatto ko‘p o‘qiganimdan boshim aylanib ketdi. Keyin, o‘zimga kelay deb
boshimdan suv quya boshladim. Janob Rasululloh namoz o‘qib bo‘lgach, Olloh taologa
hamdu sanolar aytdilar, so‘ng: «Men ko‘rmagan narsa qolmadi, hatto shu yerda turib
jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. «Sizlar qabrda yotganingizda Dajjol fitnasi yanglig
bir imtihondan o‘tg‘aydirsizlar» deb menga vahiy qilindi»,- dedilar. O’shanda «Dajjol
fitnasi yanglig‘» dedilarmi yokim «Dajjol fitnasiga yaqin», dedilarmi, aniq esimda yo‘q.
Keyin, Janob Rasululloh bunday deb davom etdilar: «Har biringiz qabrda yotganingizda
bir farishta kelib: «Bu kishini (Rasulullohni) taniysanmi?» - deb so‘raydir. Agar qabrda
yotgan banda iymonli (yokim «taqvodor»,- dedilar shekilli) ersa: «Bu kishi Muhammad
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdirlar, bizga mo‘‘jizalar va hidoyat olib kelganlar.
Biz ishonib qabul qilganmiz, ergashganmiz»,- deydir. Unga: «Biz sening mo‘min
ekanligingni bilur erdik, orom olib uxlayverg‘il!»- deyishadi. Ammo, munofiq (yokim
«ikkilanuvchi»,- dedilar shekilli) ersa: «Bilmadim, odamlar (bu kishi to‘g‘rilarida)
nimalardir deyishar erdi, men ham o‘shalar aytganini aytar erdim»,- deydir».
11-bob. Quyosh tutilganda qulni ozod qilmakni yaxshi ko‘radirgan kishi haqida Asmo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda qul ozod qilmakni
buyurdilar»,- deydilar.