5-bob. Uyidan safarga chiqishi bilanoq namozni qasr o‘qiyveradir Hazrat Ali safarga chiqdilar. Yo‘lda ketayotib, hali uylari ko‘rinib turgan bo‘lsa ham,
namozni qasr o‘qidilar. Safardan qaytishda hamrohlari Hazrat Aliga: «Mana, Kufa ham
ko‘rinib qoldi, endi namozni to‘liq o‘qiymizmi?» - deyishdi. Hazrat Ali: «Yo‘q, to shaharga
kirmaguncha to‘liq o‘qimasmiz»,- deb javob qildilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
birlan birga peshinni Madinai Munavvarada o‘qidik. Zul-Hulayfa degan yerga borganda
ersa, ikki rak’at asr o‘qidik (Makkaga 6 mil) qolgandi)».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Dastlab, namoz ikki rak’at, deb farz qilingan erdi.
Safarda shul ikki rak’atligicha qoldi. Lekin, muqimlikda to‘rt rak’at qilib to‘ldirildi. Zuhriy:
«Oisha onamiz «to‘ldirildi» deganlarida nimani nazarda tutgan erdilar»,- deb Urvadan
so‘radi. Urva: «Usmon raziyallohu anhu bu xususda (ya’ni, namozni to‘rt rak’at o‘qymoq
to‘g‘risida) ne degan bo‘lsalar, o‘shani nazarda tutdilar»,- dedi».
6-bob. Shom safarda uch rak’at o‘qiladir Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda
shoshilib turganlarida shomni kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rdim. Solim:
«Mening otam Abdulloh ham safarda shoshib turgan bo‘lsalar, shunday qilar erdilar»,-
deydi».
Ibn Shihob Zuhriyga Solim bunday deb rivoyat qilgan erkan: «Ibn Umar Muzdalifa degan
yerda xufton vaqti bo‘ldi hamki, shom o‘qimadilar. Bir payt Ibn Umar xotinlari Safiya
binti Abu Ubaydga baqirib gapirib turgan erdilar, men: «Namozga!» - dedim.
«Yuraverg‘il, hali»,- dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim. «Yuraverg‘il, hali»,-
dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim, ul kishi tag‘in: «Yuraverg‘il»,- dedilar. Shu
tariqa 2-3 mil yurdik, so‘ng tushib namoz o‘qidik. Namozdan keyin: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning safarda shoshilib turganlarida shunday namoz
o‘qiganlarini ko‘rganman. Ul kishi shomni uch rak’at o‘qib, salom bergan erdilar, bir
ozdan keyin ersa, takbir aytib, ikki rak’at xufton o‘qigan erdilar, keyin salom bergan
erdilar. Xuftondan keyin tonggacha nafl o‘qimagan erdilar», - dedilar».