4-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namoz va nafl o‘qishga majbur qilmay undaganlari; Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning (qizlari) Fotimani va (kuyovlari) Hazrat Alini (ikkalalaridan ham Olloh rozi bo‘lsin!) eshikni taqillatib, tungi namozga uyg‘otganlari Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
bir kuni kechasi uyg‘onib: «Subhonalloh, bul kecha nechuk fitnalar va nechuk xazinalar
nozil bo‘ldi erkan?! (ya’ni, kimlarga azob va kimlarga rahmat nozil bo‘ldi erkan?!). Kim
hujralarda yotganlarni uyg‘otg‘aydir! Yo rab, bu dunyoda kiyimliklar u dunyoda
yalang‘ochdirlar!» — dedilar».
Hazrat Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam men birlan qizlari Fotimani eshikni taqillatib uyg‘otdilar-da, «Namoz
o‘qisalaringiz bo‘lmaydirmi?» — dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, jonimiz Olloh
taoloning qo‘lidadir, egar bizni uyg‘otmoqni xohlasa, o‘zi uyg‘otg‘aydir»,— degan erdim,
menga bir so‘z ham aytmadilar. Biroq qaytib ketayotganlarida qo‘llarini sonlariga urib:
«Inson o‘zi azaldan shundoq aytishqoq erdi»,— deganlarini eshitdim».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga farz
bo‘lib qolmog‘ini qo‘rqib o‘zlariga yoqqan ba’zi bir amallarni qilmas erdilar. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam «Zuho» namozini o‘qiganlarida, albatta men ham birga
o‘qiydirman».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni kechasi
masjidda namoz o‘qidilar, ularga ergashib, bir qancha kishilar ham o‘qishdi. Ertasi kuni
kechasi odam ancha ko‘paydi. Uchinchi va to‘rtinchi kechaga borib ersa, nihoyatda
ko‘payib ketdi. Kelasi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar.
Tong otgach, bomdod namozidan so‘ng: «Tarovih namozi o‘qiydirman, deb qilgan sa’yu
kushishingizni ko‘rib xursand bo‘ldim. Oldingizga chiqmog‘imga hech narsa mone’lik
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
223
qilgani yo‘qdir. Ammo, kechasi namoz o‘qimoq sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan
qo‘rqg‘aymen»,— dedilar. Bu voqea Ramazon oyida bo‘lgan erdi».