6-bob. Peshinning farzidan avval ikki rak’at namoz o‘qimoq Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 10 rak’at sunnat
namozini yodlab (o‘rganib) oldim: peshinning farzidan avval ikki rak’at, farzidan keyin
ikki rak’at, shomning farzidan so‘ng ikki rak’at (uylarida o‘qidilar) va xuftonning farzidan
keyin ikki rak’at (uylarida o‘qidilar), bomdodning farzidan avval ikki rak’at (bu vaqtda
Rasululloh huzurlariga birov kirmas erdi). Menga Hafsa opam: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam muazzin azon aytganda (tong otganda) ikki rak’at namoz o‘qir
erdilar»,- deb aytdilar».
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning farzidan avvalgi to‘rt
rak’at, farzidan keyingi ikki rak’at hamda bomdodning farzidan avvalgi ikki rak’at
namozni kanda qilmas erdilar»,- deydilar.
7-bob. Shom namozidan avval namoz o‘qimoq Abdulloh al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shom
namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qingiz!» - deb uch marta aytganlaridan keyin,
«Odamlar buni sunnat deb tushunmasinlar, tag‘in!» degan o‘y birlan: «Xohlagan kishi
o‘qisin!» - deb qo‘ydilar».
Marsad ibn Abdullohrivoyat qiladirlar: «Uqba ibn Omir al-Juhaniy huzuriga borib: «Abu
Tamiym haqida bir so‘z aytib, sizni ajablantirayinmi? Ul shom namozidan avval ikki
rak’at namoz o‘qiydir»,- dedim. Shunda Uqba: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam davrlarida shundoq qilur erdik»,- dedi. «Hozir shundoq qilmog‘ingizga ne
mone’lik qilur?»-dedim. «Ishimning ko‘pligi»,-dedi Uqba».
8-bob. Nafl namozlarni jamoat bo‘lib o‘qimoq haqida Anas ibn Molik va Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nafl
namozlarni jamoat bo‘lib o‘qimoq lozimligi haqida so‘zlaganlarini rivoyat qilishg‘aydir.
Mahmud ibn ar-Rabiy’ al-Ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ularning
hovlisidagi quduqdan suv olib yuziga purkaganlarini hamda Rasululloh birlan birga Badr
jangida qatnashgan Atbon ibn Molikdan eshitganlarini eslab, «Atbon menga bundoq
degandi»,— dedilar: «Men o‘z qavmim bo‘lmish Baniy Solimga imomlik qilur erdim.
Qavmim yashaydirgan qishloq birlan mening o‘yim oralig‘ida bir vodiy bor erdi va
yomg‘ir yoqqanda o‘tib bo‘lmaydirgan bo‘lib qolar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu